Get Mystery Box with random crypto!

MAHALLALARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA Oʼzbekiston Resp | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

MAHALLALARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 670-sonli Qarori ijrosi bo’yicha Andijon viloyatining barcha hududlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibiy korxonalari xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Andijon shahar "Maorif” MFY hududidagi Yangi zamon, Ergash Ziyayev ko'chalarida yashovchi 60 dan ortiq aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi Eski shahar bo'limi tomonidan hozirda 21 dona temir - beton tayanchlar olib kelib o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari ushbu mahallaga 300 metr uzunlikdagi 6 kV havo tarmog'i tortish hamda quvvati 250 kVA bo'lgan 2 dona transformator punkti o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter