Get Mystery Box with random crypto!

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

Telegram kanalining logotibi hayot_simfoniyasi — HAYOT SIMFONIYASI 🕊 H
Telegram kanalining logotibi hayot_simfoniyasi — HAYOT SIMFONIYASI 🕊
Kanal manzili: @hayot_simfoniyasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.81K
Kanalning ta’rifi

"Hayot Simfoniyasi kanali" orqali siz tarbiyaviy aforizmlar, mushohadali fikrlar, qalbga yetib boruvchi mulohazalar va tabassum olamiga sayohat qilishingiz mumkin.
🔶 Admin: @hayot_simfoniyasibot
Bizdan uzoqlashmang!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-01 09:30:12 ​​#hadis

Din tufayli gunohlardan forigʻ boʻlmoqning fazilati

Rasululloh bunday deganlar: “Halol va harom bor narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning koʻpi ularni bilmaydilar (halol va xarom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan oʻzini tiysa, dinnini kamchilikllardan, obroʻyini taʼnalardan saqlasa va aksincha kimki shubhali narsalardan tiyilmasa, u birovni ekini chekkasida qoʻy boqayotgan choʻponga oʻhshaydi. Uning qoʻylari ekinga tushish ehtimoli bordir. Ogoh boʻlinglarki, har bir podshohning oʻz chegarasi bor. Allohning chegarasi yerdagi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha goʻsht bor, agar u tuzalsa, aʼzolarning barchasi tuzaladi, agar u buzilsa, aʼzolarning barchasi buziladi. U qalbdir!”

- Imom al-Buxoriy

@hayot_simfoniyasi asl hayot maktabi
9.7K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-01 05:24:51
#tong_hikmati

Hayot quvonmaydigan narsalarga sarflash uchun qisqa. Agar sizning yelkangizda boshingiz va qalbingizda yetarlicha ishtiyoq bo'lsa, har qanday maqsad sizning qo'lingizda bo'ladi. Agar sizga biror narsa yoqsa, uni bajaring. Agar sizga yoqmasa, ikkilanmasdan qoldiring.

- Richard Branson

@hayot_simfoniyasi asl hayot maktabi
8.3K viewsedited  02:24
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:13:50 #mushohada

Hovlilarni bo'lib olayotgan, yuzko'rmas bo'lib yurgan aka-ukalar! O'zingiz tiklagan devor atrofida ota-onalaringizning ruhlari azob chekib chirqirab yurgan bo'lishi mumkinligini hech o'ylab ko'rganmisiz?

- Tohir Malik

@hayot_simfoniyasi asl hayot maktabi
8.3K viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:01:01
#mulohaza

Bilmadim. Ehtimol odamzod farishta bo'lib tug'ilsa-tug'ilar. Ammo bir umr farishta bo'lib yasholmaydi.

Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o'zini oppoq qilib ko'rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo'lolmaydi. Yo'lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o'zi ham sezmay qoladi.

- O'tkir Hoshimov

@hayot_simfoniyasi - asl hayot maktabi
5.2K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-30 15:10:16
Ayol-gul. Erkak-bog’bon...

Ayol-gul. Erkak-bog’bon. Sen gulni xor qilsang, uni o’zga bog’bon siypalaydi… erkak bog’bon.

Ayol-gul. Sen bog’bonga tikan sanchsang, u o’zga gulni siypalaydi… ikki o’rtada sening mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin!

- Daftar hoshiyasidagi bitiklar

@ruscha_aforizmlar
9.2K viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash
2021-01-28 22:33:55 Shukr qilishning foydasi

Yoshligimda futbol o'ynash uchun oyoq kiyimim yo'qligidan siqilib yig'lagandim.
Keyinchalik esa oyoqlari yo'q insonni uchratdim...
Zayniddin Zidan

Bugungacha bo’lgan davrni bir tahlil qilib ko’rsak, hammamiz hozirgi holatimizni qachonlardir orzu qilganmiz. Yaratgandan sidqidildan nimaiki so’ragan bo’lsak, o’shani olganmiz.

Maqsadlarga erisha turib, shunchaki avvalgi holatimizni unuta boramiz, ALLOH Taolo bizga berayotgan narsalarga e’tiborsizlik qilib, yanada yangi narsalarga harisligimiz oshgani oshgan.

Bir lahzaga to’xtang. Qarzlaringiz, kasalliklar, muammo-yu dilxiraliklarni barchasini bir chekkaga qo’yib, yolg’iz qoling. Ko’zlaringizni yuming. Chuqur nafas oling. Tafakkur qiling. Sizga berilgan ne’matlarni sanab boshlang. Har bittasini e’tirof qilib ROBBingiz bilan gaplashing. Shukr qiling.

Bu ne’matlardan hali 10 tasini sanab ulgurmasingizdan qalbingiz taskin topib, ich-ichingizdan xursand bo’lasiz.
Tushunib yetasizki, hozirgi holatingizda bo’lib qolishni istaydigan millionlab insonlar bor bu dunyoda. Ehtimol ko’zlaringiz namlanar.

Natijada o’zingizga va Yaratganga bo’lgan ishonchingiz oshadi. Katta quvvatni kashf etasiz.

Yuksalish: Shaxsiy Rivojlanish kitobidan

@Muhammadali_Eshonqulov
6.1K views19:33
Ochish/sharhlash
2021-01-27 21:13:53
Allohga yetishishdan toʻsadigan 4 toʻsiq bor:

1. Shahvat
2. Koʻp yeyish
3. Mol va maqom
4. Gʻurur va kibr

- Shams Tabriziy

@hayot_simfoniyasi
9.5K viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:31:09 #mushohada

Ko'pchilik televizor yoki radio orqali farzandlarini tug'ilgan kunlari bilan tabriklamoqni odat qildi. Mayli, bu ham keraksiz odatlarning, bekorchi xarajatlarning bir ko'rinishi deylik.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. To'g'ri, hamma bolasiga baxt, uzoq umr tilaydi. Biz bu tilaklarni inkor etmaymiz. Biz uchun ajabki, hech kim farzand-u arjumandiga Allohdan iymon, insof vijdon, aql-idrok so'ramaydi. Bola uchun bularning zarurati yo'qmikin? Yoki... iymonsiz odam baxtli bo'la olarmikin?


Tohir Malik

@hayot_simfoniyasi
6.0K views16:31
Ochish/sharhlash
2021-01-27 07:15:11 ​​Ona bilan otaning farqi:

- Seni oʻz jismida paydo boʻlganingni sezishidan boshlab sevadigan zot - Ona!
- Hali paydo boʻlmasingdan oldin orzu bilan seni sevadigan zot - Ota!

- Ona oʻz hayotini tikib seni dunyoga taqdim qiladi;
- Ota oʻz baxti evaziga senga dunyoni taqdim qiladi.

- Ona senga hayot sovgʻa qiladi;
- Ota senga bu hayotda qanday yashash ilmini sovgʻa qiladi;

- Ona seni toʻqqiz oy qornida koʻtarib yuradi;
- Ota seni bir umr yelkasida koʻtarib yuradi;

- Ona seni tugʻushda toʻlgʻoq oʻtkazadi;
- Ota tugʻulganingdan keyin seni uchun doim “toʻlgʻoqda” boʻladi;

- Ona kasal boʻlsang yigʻlaydi;
- Ota yigʻlasang kasal boʻladi;

- Ona sening och qolishingdan tashvish qiladi;
- Ota sening qanday och qolmasligingni oʻrgatadi;

- Ona mehr bulogʻi;
- Ota hikmat ummoni;

- Ona aybingni berkitib, sendan masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi;
- Ota seni nazorat qilib, qalbingga masʼuliyat urugʻlarini ekadi;

- Ona yiqilmasligingni tashvishida boʻladi;
- Ota yiqlganingda qanday turishingni oʻrgatadi;

- Ona goʻzallik va kamolot - oynasi;
- Ota voqealik va jiddiyat - oynasi;

- Onani Ona boʻlgach tushunasan;
- Otani Ota boʻlganingda taniysan;

- Ona - oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan bebaho xilqat;
- Ota - zamon oʻtishi bilan takrorlanmaydigan haybat!

• Allohim! Ota-onam meni goʻdakligimda mehr ila tarbiya qilganidek, Sen ham ularga rahmat nazaring ila tavajjuh qil!

#Amiyn!


@hayot_simfoniyasi
7.2K views04:15
Ochish/sharhlash
2021-01-26 14:59:51
#mushohada

Shayx Shaʼroviydan soʻrashdi:

-Oʻgʻlingiz uylanganida unga qanday nasihat qilgansiz?

Shayx dedi: Men oʻgʻlimga: “Oʻgʻlim! Bu qiz otasini, onasini, akasini, singlisini tashlab yolgʻiz seniki boʻlish uchun kelgan. Sen unga er boʻlish bilan birga ularning barchasi boʻl!”, dedim.

- Daftar hoshiyasidagi bitiklar

@hayot_simfoniyasi
6.4K views11:59
Ochish/sharhlash