Get Mystery Box with random crypto!

HAYOT SIMFONIYASI 🕊

Telegram kanalining logotibi hayot_simfoniyasi — HAYOT SIMFONIYASI 🕊 H
Telegram kanalining logotibi hayot_simfoniyasi — HAYOT SIMFONIYASI 🕊
Kanal manzili: @hayot_simfoniyasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.81K
Kanalning ta’rifi

"Hayot Simfoniyasi kanali" orqali siz tarbiyaviy aforizmlar, mushohadali fikrlar, qalbga yetib boruvchi mulohazalar va tabassum olamiga sayohat qilishingiz mumkin.
🔶 Admin: @hayot_simfoniyasibot
Bizdan uzoqlashmang!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 07:34:50 ​Ota-ona 3 toifaga bo'linadi:
1. "Bolani urib tarbiyalasa, odam bo'ladi", deydiganlar.
2. "Bolani ba'zida sekin urib turish kerak, shunda butun umriga bunday qilish mumkin emasligini esida tutadi", deyidiganlar.
3. "Bolani hech qachon urish mumkin emas", deydiganlar.
Siz qaysi toifaga kirishingizni o'zingiz bilasiz. Lekin 1-chi toifadagilarning farzandi yaxshi bo'lib o'sadi deb shoshilmang. Ular qo'rqoq, o'z fikriga ega emas, ruhan singan insonlardir. Boshida ota-onaning chizig'idan chiqmagan bo'lsa, keyinchalik boshqa bir insonga qul bo'lib yashaydiganlardir.

Xuddi shunday 3-chi toifadagilar farzandlari erka, tantiq bo'lib katta bo'ladi deyish ham noo'rin. Bolani urmaslik, uni tarbiyamaslik degani emas. Chiroyli tarbiyani urmay turib ham berish mumkin. Lekin bu ota-onadan mashaqqat va sabr talab qiladi. Shuning uchun ham ota-ona chiroyli tarbiya bera olmasligidan qo'rqib bolasini urib, haqoratlab katta qiladi. Qo'rqoq bolani katta qilish osonroq!

Bolani chiroyli tarbiya qilishning eng oson yo'li bola bilan ko'p suhbatlashishdir. Yaxshilik va yaxshi amallar haqida gaplashish, yomon ish qilib qo'yganida unga chiroyli ta'sirli so'zlar bilan to'g'ri yo'lni ko'rsatishdir. Shunda 18 ga kirgan bola ham guruch to'kishdan ko'ra jiddiyroq ayb ish qilib qo'yganida uning ko'ngliga yo'l topish oson bo'ladi.

Ba'zi oilalarda farzand yo'q. Ba'zilar farzandini yo'qotib qo'yadi. Siz bir narsani tushuning, sizda shu topolonchi, baqiroq, erkatoy, quloqsiz bolaning borligi bu oddiy holat emas. Bu sizning boylik va baxtingizdir. Olloh sizga ato etgan buyuk ne'matdir. Uni urib uni tanasini va ruhini og'ritish kerak emas. Bolangiz yiqilib tushsa, oldiga chopib borib ko'tarasiz-ku...nega? Chunki o'g'riydi! Urayotganingizda ham qo'lingiz unga haqiqiy og'riq berayotganini unutmang. Sizning jahlga to'la ko'zlaringiz, haqoratli so'zlaringiz esa uni dilini yig'latayotgani haqida unutmang.
Afsus, "Bugundan boshlab bolamni urmayman", deb bunga chek qo'ya olmaysiz. Chunki bolani urayotgan ota-ona o'zi qattiq psixologik lat yegan insondir. U bir zumda o'zgara olmaydi. Bunga ba'zida psixologning yordami ham talab etiladi. Shuning uchun hech bo'lmasa, bolani urish o'ta yomon narsa ekanligini his qilishdan boshlang. Ichingizda ota-onangiz bilan gaplashing, alamlaringizni qog'ozga yozib bo'lsa ham chiqarib tashlang. Yoshligingiz damlarini birma-bir eslab chiqing, ota-onangiz sizga qo'l ko'targan davrlarni, haqoratlashganini ko'z oldingizga keltiring. Eslang! Ko'zingizga yosh kelganida aslida ichingiz to'la alam ekanligiga amin bo'lasiz. Ularni kechiring. O'z farzandlaringizni ham shunday alamda o'sishiga yo'l qo'ymang. Farzandingizni nega urayotganingizni bir qog'ozga yozib o'qib chiqing. Shunda qanchalik arzimagan narsalar deb bolani qalbini va tanasini og'ritganingizni his qila olasiz. Undan tashqari, bu holatlarda bolani urmay turib qanday chiqish mumkinligini ko'ra olasiz.
Keyingi safar bolaga qo'l ko'tarishdan oldin uning ko'zlariga hech bo'lmasa, 3 soniya davomida termulib ko'ring. Mana shu qo'rquvga to'la ko'zlar uning hayot davomida sherigiga aylanib qolmasligi sizning qo'lingizda!

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
1.1K views04:34
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:15:38
Shahodat kalimasi “La..” bilan boshlanadi, yaʼni “yoʻq” bilan. “yoʻq hech qanday iloh, Allohdan boshqa”.

Yaʼni avval qalb barcha “ilohchalar”dan tozalanadi, keyin Allohga yuzlaniladi.

@hayot_simfoniyasi
1.1K viewsedited  02:15
Ochish/sharhlash
2022-08-17 10:54:37
Insonlardan koʻrgan zulmlaring sening xulqingdandir.
Sen oʻz xulqingni ularning oynasidan tomosha qilmoqdasan...


Mavlono Jaloliddin Rumiy.

@hayot_simfoniyasi
1.2K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:07
Hoy benamoz! Tingla!

Sizlarni do'zaxga nima kiritdi?
Ular: “Namoz oʻqiyganlardan bo'lmagan edik”

(Muddassir: 42, 43)

@hayot_simfoniyasi
1.2K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:21:03
Men bilan birga bo'lsang, senga butun olam shodligini hadya etaman...

@hayot_simfoniyasi
1.2K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-08-16 09:10:36
Ko‘zingizga ko‘rinmayotgan, lekin boshqalar uchun baxt bo‘lgan baxtingizni qadrlang!

Yaqinlarga ulashing, har narsani vaqtida qadrlashni bilib olaylik!

@hayot_simfoniyasi
1.3K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-16 03:41:36
YAXSHI ODAMLAR YO'QMI?

Odamlarning ichida yaxshi insonlarni qidirib topolmadim, deb sira nolima!

Topa olmadingmi? Demak hamma ayb senda, o'zingda ekan.

Avvalo o'zingni yaxshi inson qilib tarbiyala. Ana undan keyin yaxshilarni qidirmasang ham o'zlari kelaverishadi!

Ishonmayapsanmi, sinab ko'r va ushbu postni yaqinlaringga yuborib qo'y...

@hayot_simfoniyasi
1.4K viewsedited  00:41
Ochish/sharhlash
2022-08-15 20:25:49 ASSALOMU ALAYKUM

Status va aforizmga qiziqadigan hamda sifatli post yoza oladiganlarni yordamchi admin(ka)likka qabul qilamiz.

Murojaat uchun:
@hayot_simfoniyasibot

Biz sizni kutyapmiz
1.3K views17:25
Ochish/sharhlash
2022-08-15 18:07:43
-Bolamiz birinchi bo'lib dada deydimi yo oyimi?
-ALLOH deydi, dadasi, ALLOH..

In shaa ALLOH


Jannat tili

@hayot_simfoniyasi
1.3K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:07:01
Dunyoda ikki zotga ishon!
Biri oynaga boqib ko'rganinga,
Biri osmonga boqib ko'rmaganinga.

@hayot_simfoniyasi
1.3K viewsedited  02:07
Ochish/sharhlash