Get Mystery Box with random crypto!

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi hashtaguz — #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi hashtaguz — #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @hashtaguz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.11K
Kanalning ta’rifi

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz.
📸 instagram.com/hashtaguz
🤪 tiktok.com/@hashtaguz
🎬 youtube.com/@Jaloliddin
👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar
📈 Reklama uchun: @nuqtabot
💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-18 16:03:15
Yandex Eats ilovasidagi buyurtmalarga atigi 4 kunga katta chegirma e'lon qilindi!

EDUZP2QZ promokodidan foydalansangiz 130 000 so'mlik birinchi xaridingizga 45 000 so'm chegirmani + BEPUL yetkazib berish xizmatini qo'lga kiritasiz. Ishoning, bu zo'r narx))

Ilovani yuklab olish. Yandex GO ilovasi orqali ham buyurtma qilsangiz bo'laveradi oma-le.
5.5K views13:03
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:36:20
Shu oyda Apple Pay to'lov tizimi birdaniga uchta Lotin Amerikasi davlatida ishga tushirildi: Salvador, Gvatemala va Panama.

E'tiborlisi, yuqoridagi ba'zi mamlakatlarda rasmiy valyutalardan biri Bitcoin hisoblanadi.

Qachon bizga ham kelarkin-a Pay. Shunda bemalol kartalarimizni biriktirib qo'yib, telefonni o'zidan NFC orqali to'lov qilaverardik rivojlangan odamlarga o'xshab.

#apple | Birinchi raqamli IT-Blog
5.2K views11:36
Ochish/sharhlash
2023-05-18 12:36:19
YouTube'da 8 ta tildagi tarjima bilan videolar paydo bo'la boshladi

Endi sun'iy idrok yordamida videodagi ovozning sifatini yaxshilab, audio yo'lakchani boshqa tillarga ham to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilsa bo'ladi. Hozircha sinov jarayonlari ketmoqda.

Tarjimonlarga ham ish qolmaydi chog'i.

#youtube | Birinchi raqamli IT-Blog
5.1K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-05-18 10:11:17
May oyi oxiridan boshlab Sirdaryo viloyatida Xitoyning EXEED avtomobillarini ishlab chiqish boshlanarkan

#avto | Birinchi raqamli IT-Blog
6.2K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2023-05-18 08:51:34
Shaffof Beats Studio Buds+ Nothing kompaniyasining quloqchinlarini ham eslatib yuboryapti

Beats Studio Buds+ ning narxi rasmiy saytida 170 dollarni tashkil etadi va Apple veb-saytida AQSh, Kanada va Xitoyda buyurtma berish mumkin. Boshqa mamlakatlarda yangilik yaqin bir necha oy ichida paydo bo'ladi.

#apple | Birinchi raqamli IT-Blog
5.0K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-05-17 19:14:34
Rossiyada qo'lga super kuch qo'sha oladigan kibernetik qo'lqop ixtiro qilinibdi

Uni harbiy maqsadlarda yoki og'ir yuklarni ko'tarishda yengil qilish uchun ishlatsa bo'larkan. Kinolardagi fantastikalar haqiqatga aylanadi shekilli...

#rossiya | Birinchi raqamli IT-Blog
2.4K viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2023-05-17 16:28:45
Bu o'yinni eslaydigan, hali ham o'ynab turadiganlar bormi?

Nomini va o'yin chiqqan yilini to'liq yozgan birinchi odamga kichkina sovg'amiz bor.

#game | Birinchi raqamli IT-Blog
3.3K viewsedited  13:28
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:19:47
Har bir iPhone reklamasida smartfondagi vaqt 9:41 ni tashkil qiladi, sababi...
3.8K views10:19
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:17:45
Smartfonlar ko'pligidan modellarining nomlanishlari bir-biriga o'xshab qolyapti

Xullas, kechagina Infinix kompaniyasining HOT 30 seriyasi haqida gapirgandik. Ushbu lineykada "Play" nomli versiya ham bor. Honor ham Play 40 deb nomlangan devaysini taqdim etibdi.

Play 40 ham byudjet smartfon bo'lib, u 6,56 dyuymli HD+ (1612 x 720 piksel) 90 Hz chastotaga ega LCD displeyga, 5 megapikselli old kameraga va ikkita orqa kameraga (13 megapikselli va 2 megapikselli) ega.

Uskuna asosini Qualcomm Snapdragon 480+ protsessori, 8 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira tashkil etdi. 5200 mA/soat batareya 10 W quvvatni qo'llab-quvvatlaydi.

Smartfon, shuningdek, barmoq izi skaneri, 3,5 mm audio port, shuningdek, MagicOS 7.1 qobiqli Android 13 operatsion tizimiga ega.

Aniq narxi hali e’lon qilinmagan, ammo 2023-yilning 26-mayida ma’lum bo‘ladi. Narxi taxminan 100 yuan (143 dollar) atrofida bo'lishi kutilmoqda. Xaridorlarga to'rtta rang varianti, jumladan ko'k, yalpiz, pushti va qora ranglar taqdim etiladi.

Narxi va parametrlari deyarli Infinix'nikiga o'xshab ketarkan, xo'sh, siz qaysi birini sotib olgan bo'lardingiz?

#honor | Birinchi raqamli IT-Blog
3.8K views10:17
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:42:19
Gapirganim bilan baribir sotib olaverasiz(miz)ku...

O‘zbekistonda "yangilangan" va umuman tanib bo'lmaydigan, aql bovar qilmas darajadagi zo'r Gentra avtomobillari atigi 23 ming dollardan sotila boshlaydi.

20-maydan UzAuto yangilangan superkarlari Onix va Tracker’larni yana sotishni boshlaydi. URA!

Shuningdek, 1-iyundan yangilangan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarini yana xarid qilaverishingiz mumkin! Narxlari "judayam arzon" bo'ladi, albatta.

Ma'lum qilinishicha, UzAuto Motors yangilangan modellar narxiga o'zgartirishlar kiritgan (tabiiyki, usiz iloji yo'qku...). Endi yangi Cobalt bor yo'g'i 20 000 dollardan, Lacetti (Gentrami bu moshina yo Lacettimi?! Kelishvolishsa bo'lardi o'zi, b...t!) esa arzimagan 23 000 dollardan boshlanadi. Bu hali rasmiy ma'lumot emas (balki, rasmiy narxlari bundanam qimmatroq bo'lar). Kutamiz, oshiraveringlar, sifatni esa... Ha mayli, men boraqolay.

MDK
#avto | Birinchi raqamli IT-Blog
4.2K viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash