Get Mystery Box with random crypto!

Gapirganim bilan baribir sotib olaverasiz(miz)ku... O‘zbek | #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Gapirganim bilan baribir sotib olaverasiz(miz)ku...

O‘zbekistonda "yangilangan" va umuman tanib bo'lmaydigan, aql bovar qilmas darajadagi zo'r Gentra avtomobillari atigi 23 ming dollardan sotila boshlaydi.

20-maydan UzAuto yangilangan superkarlari Onix va Tracker’larni yana sotishni boshlaydi. URA!

Shuningdek, 1-iyundan yangilangan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarini yana xarid qilaverishingiz mumkin! Narxlari "judayam arzon" bo'ladi, albatta.

Ma'lum qilinishicha, UzAuto Motors yangilangan modellar narxiga o'zgartirishlar kiritgan (tabiiyki, usiz iloji yo'qku...). Endi yangi Cobalt bor yo'g'i 20 000 dollardan, Lacetti (Gentrami bu moshina yo Lacettimi?! Kelishvolishsa bo'lardi o'zi, b...t!) esa arzimagan 23 000 dollardan boshlanadi. Bu hali rasmiy ma'lumot emas (balki, rasmiy narxlari bundanam qimmatroq bo'lar). Kutamiz, oshiraveringlar, sifatni esa... Ha mayli, men boraqolay.

MDK
#avto | Birinchi raqamli IT-Blog