Get Mystery Box with random crypto!

Smartfonlar ko'pligidan modellarining nomlanishlari bir-biriga | #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Smartfonlar ko'pligidan modellarining nomlanishlari bir-biriga o'xshab qolyapti

Xullas, kechagina Infinix kompaniyasining HOT 30 seriyasi haqida gapirgandik. Ushbu lineykada "Play" nomli versiya ham bor. Honor ham Play 40 deb nomlangan devaysini taqdim etibdi.

Play 40 ham byudjet smartfon bo'lib, u 6,56 dyuymli HD+ (1612 x 720 piksel) 90 Hz chastotaga ega LCD displeyga, 5 megapikselli old kameraga va ikkita orqa kameraga (13 megapikselli va 2 megapikselli) ega.

Uskuna asosini Qualcomm Snapdragon 480+ protsessori, 8 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira tashkil etdi. 5200 mA/soat batareya 10 W quvvatni qo'llab-quvvatlaydi.

Smartfon, shuningdek, barmoq izi skaneri, 3,5 mm audio port, shuningdek, MagicOS 7.1 qobiqli Android 13 operatsion tizimiga ega.

Aniq narxi hali e’lon qilinmagan, ammo 2023-yilning 26-mayida ma’lum bo‘ladi. Narxi taxminan 100 yuan (143 dollar) atrofida bo'lishi kutilmoqda. Xaridorlarga to'rtta rang varianti, jumladan ko'k, yalpiz, pushti va qora ranglar taqdim etiladi.

Narxi va parametrlari deyarli Infinix'nikiga o'xshab ketarkan, xo'sh, siz qaysi birini sotib olgan bo'lardingiz?

#honor | Birinchi raqamli IT-Blog