Get Mystery Box with random crypto!

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bog'dod Amreyev bilan | Ilyos Safarov

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bog'dod Amreyev bilan Kun.uz tahririyatida intervyu o'tkazdik.

Savollarni ochmay turay lekin tashkilot va uning atrofidagi eng muhim mavzular bo'yicha gaplasha oldik deb o'ylayman.

Bugungi intervyuda Bog'dod Amreyev qozoqcha men esa o'zbek tilida gapirdim. Bir-birimizni tushunishda deyarli muammo bo'lmadi. Demak, turkiy davlat vakillari, ular orasidagi rasmiy tadbirlarga ham ha deb ajnabiy tillarni qo'shaverishga hojat yo'q.

Chunki bizning tomirimiz bir, dinimiz, qadriyatlarimiz bir. Bir-birimizni tushunamiz, osonlikcha his qilamiz. Shunchaki o'rtadagi yillar va yo'l qo'yilgan ko'plab xatolar turkiylarni bir-biridan uzoqlashtirib qo'ygandi.

Endi uzoqlashgan xalqlar, uzilgan aloqalar yaqinlashsin. Bugungi dunyoda bizga bundan boshqa chora ham, to'g'ri yo'l ham yo'q.