Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro forumda 'nima uchun O‘zbekistonga investisiya qilishi | Ilyos Safarov

Xalqaro forumda "nima uchun O‘zbekistonga investisiya qilishim kerak?", deb savol berilishi investorlarga davlatimizni reklama qilib olish uchun juda go‘zal imkoniyat. Aslida, bu savol berilmasa ham, gapni aylantirib kelib, investorlarning hayoliga kelishi mumkin bo‘lgan shu savolga javob berib olishga harakat qilish kerak edi.

Ammo, butun boshli davlatning nomidan o‘tirgan vazirning bu savolni bergan moderatorga go‘yoki "uzkiy krug" choyxonada o‘tirgandek hiring-hiring qilib, "bunaqa qiyin savol bersang seni boshqa chaqirmaymiz, undan ko‘ra yoshimni so‘ra.." kabi noo‘rin hazillar qilishini mutlaqo hazm qila olmadim.

Birorta investor "bularni vaziri hazilni yorvorarkan, shu sababli 100 millon dollar pul kiritib, shu davlatda biznes boshlayman", dedimikan?

Qo‘chqorovning shunday mas'uliyatli vaziyatdan ustalik bilan foydalanish o‘rniga hiring-hiring qilib, vaziyatni rasvo qilganiga bir vatandosh sifatida juda achindim..

Vaziyatlarni isrof qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Oshnalar bilan choyxonada o‘tirish bilan xalqaro tadbirda davlat nomidan ishtirok etishning farqini tushunmaydigan odam bunday tadbirlarga bormasligi kerak.


Dilshod Odilov

@haqiqatdaIlyos