Get Mystery Box with random crypto!

#ayol #klimaks AYOLLARDA KLIMAKS Klimaks - inson hayotidag | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

#ayol #klimaks

AYOLLARDA KLIMAKS

Klimaks - inson hayotidagi fiziologik davr boʻlib, ayollarda reproduktiv vazifaning tugashi, erkaklarda esa jinsiy bezlar ishidagi o'zgarishlar bilan kechadi. Klimaks 40 yoshdan keyin yuzaga keladi va ayollarda oʻrtacha 10 yil, erkaklarda 5 yil davom etadi.

SABABLARI

Ayol reproduktiv sistemasidagi oʻzgarishlar.

Bu holat quyidagilardan keyin yuzaga keladi:

• Organizmning qarishi;
• Jinsiy a'zolarning yalligʻlanish kasalliklari;
• Kichik chanoq a'zolarIdagi operatsiyalar;
• Tuxumdonlar funksional faolligining pasayishi;

Ortiqcha vazn, surunkali alkogolizm, notoʻgʻri hayot tarzi erta klimaksga olib keladi.

BELGILARI

- "ko'tarilishlar" (toʻsatdan to'lqinsimon qizib ketish);
- Hayzning toʻxtashi (menopauza);
- Bosh ogʻrishlari;
- Ter ajralishining kuchayishi;
- Asabiy ta'sirchanlik;
- Libido (jinsiy mayl) ning pasayishi;
- Tushkunlikka moyil boʻlish;
- Siydik tutolmaslik;
- Siydik chiqarishga tez-tez signal boʻlishi;
- Qin shilliq qavatining qurishi;
- Teri quruqligi;
- Soch toʻkilishi.

DIAGNOSTIKA

Klimaksni va unga ko'riladigan choralarni aniqlash maqsadida vrach-ginekolog quyidagi analizlarni buyuradi:

1. Qonning umumiy va biokimyoviy analizi;
2. Kichik chanoq organlarining ultratovush tekshiruvi;
3. Bachadon ichki qavati (endometriy) dan namuna olib tekshirish;
4. Qindan surtma olib tekshirish;
5. Mammografiya;
6. Suyak-mushak tizimining rentgenologik tekshiruvi.

DAVOLASH

• Antidepressantlar;
• Nogormonal preparatlar - biofosfonatlar;
• Tabletka va krem ko'rinishidagi estrogenlar;
• Gormonal preparatlar.

XAVF

Agar klimaksning davosi oʻz vaqtida boshlanmasa, u quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:

- Infarkt, insult xavfining oshishi;
- Yurak ishemik kasalligi;
- Bachadondan qon ketishlar;
- Osteoporoz;
- Ateroskleroz.

PROFILAKTIKASI

Hozir yoshroq boʻlishingiz mumkin. Ammo kelajakda klimaksingiz yengil o'tishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

° Siydik yo'llari va jinsiy aʼzolar kasalliklarini oʻz vaqtida davolash;
° Zararli odatlardan voz kechish;
° Toʻgʻri ovqatlanish.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w