Get Mystery Box with random crypto!

Istalmagan homiladorlikdan saqlovchi dori vositalarining zarar | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Istalmagan homiladorlikdan saqlovchi dori vositalarining zarari yo‘qmi? Menda hayz sikli buzilishi, ko‘p terlash va quvvatsizlik kuzatilyapti. Qaysi mutaxassisga murojaat qilishim kerak?

Shifokor Hilola Jumayeva:

Oral kontraseptiv vositalarining homiladorlikdan saqlash xususiyati ayol tuxum hujayrasining yetilmasligini ta’minlashga asoslanadi. Ularni har kuni, aynan bir vaqtda foydalanish tavsiya etiladi. Oral kontraseptiv vositalari zararsiz hisoblanadi va endometriy hamda tuxumdonlar saratonining oldini oladi.

Agar ularni qabul qilganda hayz siklining buzilishi kuzatilsa, ginekolog-reproduktolog, ko‘p terlash va quvvatsizlik sababini aniqlash uchun esa endokrinolog ko‘rigidan o‘tish zarur.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w