Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 260

2021-12-09 11:41:07
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi!

Dastur kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3500 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1100 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabul 2021-yil noyabr oyi oʻrtalaridan 2022-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
12.1K views08:41
Ochish/sharhlash
2021-12-09 09:46:00
SUSI for Scholars: AQSHda 6 haftalik oʻquv kursi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga tanlangan soha boʻyicha 6 hafta AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza yordami.
– AQSHga borish-kelish va AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar beriladi.
– Turar joy taʼminalandi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 3-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil

https://grantlar.uz/susi-for-scholar/

@grantlar
11.0K views06:46
Ochish/sharhlash
2021-12-09 06:01:00
Janubiy Koreya: Dunyoning 41-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 300 AQSH dollari stipendiya.
Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2022-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Odatiy qabul – 2022-yil 7-yanvargacha (oʻqish 2022-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2022-yil 27-maygacha (oʻqish 2022-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
12.5K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-12-08 12:57:08
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– 1 oy uchun taxminan 424 dollari stipendiya beriladi

2022-yil yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
12.1K views09:57
Ochish/sharhlash
2021-12-08 06:27:41
Niderlandiya: Xalqaro huquq bo'yicha 3 haftalik yozgi kurslar uchun grantlar!

Gaaga xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxasislariga yozgi kurslarda qatnashish uchun grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi.
– Turar joy uchun 550 yevro mablagʻ beriladi.

Yozgi kurslar sanalari:
– Public International Law kursi – 2022-yil 11-29-iyul kunlari;
– Private International Law kursi – 2022-yil 1-19-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2021-yil 1-noyabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Kurslarga o'z hisobingizdan qatnashishingiz ham mumkin.

Batafsil
https://grantlar.uz/niderlandiya-xalqaro-huquqshunoslik-sohasidagi-yozgi-kurslar-uchun-grantlar-turar-joy-va-safar-xarajatlari-uchun-900/

@grantlar
11.8K views03:27
Ochish/sharhlash
2021-12-07 08:45:00
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1350 yevrogacha oylik stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1350 yervogacha stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
13.0K views05:45
Ochish/sharhlash
2021-12-07 06:01:00
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
13.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-12-06 17:01:00 ​​Koreyaning International Graduate School of English oliygohidan qabul yuzasidan Zoom uchrashuv

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan International Graduate School of English (IGSE) oliygohi magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun qabul jarayoni boʻyicha Zoom uchrashuv oʻtkazmoqda.

Uchrashuv bevosita oliygoh vakillari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Oliygoh taklif etadigan yoʻnalishlar:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Ushbu magistrlik kurslariga qabul 2022-yil 11-fevralgacha davom etadi.

Ushbu magistrlik kurslari haqida qisqacha maʼlumot

Ushrashuvda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
– MA in TESOL magistrlik kursining oʻquv dasturi haqida maʼlumot
– Ariza topshirish jarayoni
– Taklif etiladigan grantlar
– Vizaga ariza topshirish jarayoni
– Savol-javoblar

Uchrashuv tafsilotlari:
Vaqti:
Oʻzbeksiton vaqti bilan 2021-yil 14-dekabr, 18:00-19:20
Usuli: Zoom orqali (onlayn, real vaqt rejimida)
Kim uchun: Yuqoridagi magistrlik kurslari boʻyicha Koreyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Roʻyxatdan oʻtish

Uchrashuvda qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtganlarga uchrashuvda qatnashish uchun 13-dekabrda email Zoom havola (link) yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi arizani toʻldiring

https://forms.gle/rEXGud6ZFY2kn4UP7

Oliygoh talabalari videolari:

Oʻzbekistonlik talaba videosi

Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti | Qabul yoʻriqnomasi
13.1K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-06 15:24:54
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 25 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 2-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
12.5K views12:24
Ochish/sharhlash
2021-12-06 06:01:00
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
14.1K views03:01
Ochish/sharhlash