Get Mystery Box with random crypto!

​​Koreyaning International Graduate School of English oliygohi | Grantlar.uz

​​Koreyaning International Graduate School of English oliygohidan qabul yuzasidan Zoom uchrashuv

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan International Graduate School of English (IGSE) oliygohi magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun qabul jarayoni boʻyicha Zoom uchrashuv oʻtkazmoqda.

Uchrashuv bevosita oliygoh vakillari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Oliygoh taklif etadigan yoʻnalishlar:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Ushbu magistrlik kurslariga qabul 2022-yil 11-fevralgacha davom etadi.

Ushbu magistrlik kurslari haqida qisqacha maʼlumot

Ushrashuvda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
– MA in TESOL magistrlik kursining oʻquv dasturi haqida maʼlumot
– Ariza topshirish jarayoni
– Taklif etiladigan grantlar
– Vizaga ariza topshirish jarayoni
– Savol-javoblar

Uchrashuv tafsilotlari:
Vaqti:
Oʻzbeksiton vaqti bilan 2021-yil 14-dekabr, 18:00-19:20
Usuli: Zoom orqali (onlayn, real vaqt rejimida)
Kim uchun: Yuqoridagi magistrlik kurslari boʻyicha Koreyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Roʻyxatdan oʻtish

Uchrashuvda qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtganlarga uchrashuvda qatnashish uchun 13-dekabrda email Zoom havola (link) yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi arizani toʻldiring

https://forms.gle/rEXGud6ZFY2kn4UP7

Oliygoh talabalari videolari:

Oʻzbekistonlik talaba videosi

Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti | Qabul yoʻriqnomasi