Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.06K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 246

2022-01-05 16:01:00
Yangi yilni yangi bilimlarni egallash bilan boshlang. Xalqaro moliyaviy buxgalteriya (FINANCIAL ACCOUNTING) bo'yicha o'z ustida ishlash va yangi marralarni zabt etishni istaganlar uchun.

Sizni ACCA Financial Accounting intensiv kursiga taklif qilamiz, endilikda 3 oylik kursni 1 oyda o'zlashtirish imkoniyatiga egasiz!

"Nazarova Academy" o’quv markazida ACCA Financial Accounting kursining afzalliklari:

Talabalarimiz xalqaro moliyaviy hisobot standarti (XMHS) bilan ishlashni o'rganish imkoniga ega.⁣⁣

Kurslar katta tajribaga ega malakali o'qituvchi (8 ta ACCA sertifikati olgan va hozirda PwC (Xalqaro Katta To'rtlik auditorlik kompaniylaridan biri)da konsultant auditor) tomonidan olib boriladi.

Кurslarda ma'ruzalar amaliy mashg'ulotlar bilan birga olib boriladi⁣⁣.

Kurs yakunida ishtirokchilar xalqaro toifadagi buxgalter darajasidagi va O'zbekistonda tan olingan sertifikat uchun imtihon topshira oladi.

Manzil: "Nazarova Academy" markazi⁣

Ma'lumot uchun:⁣
@Mukhammad_Umar_Fozilov⁣

+998977349064⁣
7.1K viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash
2022-01-05 15:15:00
INSPIRE Potentials – MARVEL Master's Fellowships: Ayol-qiz magistrlar uchun Shveytsariyada 6 oylik tadqiqot; xarajatlar qoplanadi!

Dastur ayol-qiz magistrlarga “Computational Design and Discovery of Novel Materials“ mavzusida 6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 13 100 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 550 dollar mablagʻ
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 15-aprelgacha
– 15-oktabrgacha

Batafsil
https://grantlar.uz/inspire-potentials-marvel-masters-fellowships/

@grantlar
7.2K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-01-05 14:15:00
Talaba bo'la turib Amerikacha maosh olishni istaysizmi?

Siz mashaqqat bilan o'qib bir oyda topayotgan stipendiya pulingizni frilanser - talabalar bir kunda topishmoqda.

Endi siz ham @ITSchoolUz_Bot virtual maktabi yordamida:

— Eng talabgir IT kasblarni tezkor o‘rgatuvchi BEPUL va SIFATLI video kurslar;
— Frilans saytlarda oyiga 1500$ gacha daromad olishni o'rganish orqali bunga erisha olasiz!

Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun botga hoziroq ulanib oling: @ITSchoolUz_Bot
8.1K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-01-05 11:15:00
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
9.1K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-01-05 10:30:00
USA - Work and Travel

Clover Edu qabuli davom etmoqda

Dastur haqida batafsil ma'lumot uchun: @mardon_manager

Clover Edu sizga AQSH va Kanadada o'qish imkonini ham taklif qiladi.

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.

Murojaat uchun:
+998900693334
9.1K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-01-05 06:01:00
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 11 ming dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabullar:
– 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 14-yanbargacha
– 2022-yil 15-fevraldan 4-martgacha

Batafsil
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
10.6K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-01-04 13:33:29
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavr talabalariga 2022-yil 4-iyuldan 29-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

Fizika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika yoki shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1800 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 7-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
7.6K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-01-04 11:30:00
Clover Edu barchangizni kirib kelgan yangi yil chin yurakdan tabriklaydi!

Yangi yilda yangi marralar sari intilish, yangi orzular qilishdan to'xtamang!

Bularga erishishda sizga Clover Edu yordam beradi.

AQSH
Britaniya
Koreya
Latviya
Vengriya
Polsha
Singapue
Kipr
Turkiya kabi davlatlarda ta'lim olishingiz uchun kerakli xizmatlarni taklif qiladi.

Bakalavr & Magistratura
Work and Travel & Internship

Murojaat uchun:
@mardon_manager

+998900693334

Sizning ishonchingiz biz uchun muhim.
7.3K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-01-04 07:01:00
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Yozgi maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy.
– Tibbiy sugʻurta.
– 1400 yevro stipendiya.
– Jamoat transportidan bepul foydalanish.
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar.
– Yakuniy nutq gʻoliblariga pul mukofotlari.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
10.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-01-03 16:01:00
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish 2023-yil yanvarda boshlanadi va toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2002 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (742 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1112 dollar).

Arizalar 2022-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
6.5K views13:01
Ochish/sharhlash