Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.06K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 231

2022-02-03 10:06:24
Siz ham ushbu o'quvchimiz kabi AQSHda o'qishni xohlaysizmi?

Siz uchun keng miqyosdagi universitetlar tanlovi bizda mavjud

Bakalavriat uchun IELTS 6 .0 va maktab tamomlaganiga 2 yildan oshmagan abituriyentlar, magistratura uchun IELTS 6.5 kifoya.

Hoziroq hujjatlaringizni online tarzda yuboring, qabul 10-fevralgacha.

Murojat uchun: @student_placement
10.0K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2022-02-03 07:46:00
Emile Boutmy Scholarships: Bakalavr kursini Fransiyada o’qish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Fransiyada joylashgan Sciences Po universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchilarga Emile Boutmy Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi barcha bakalavriat dasturlari uchun beriladi.

Grant imkoniytarlari: Grant kontrakt to'lovidan 3600 yevrodan 13 000 yevrogacha chegirma taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/emile-boutmy-scholarships-bakalavr-kursini-fransiyada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
9.9K views04:46
Ochish/sharhlash
2022-02-03 07:01:00
Deutsch zentrum bilan hammasi oson

Nemis tilini qisqa muddatda o'rganishni istaysizmi?
Bir necha oydan beri turli xil o'quv markazlariga borib nemis tilini o'rgana olmayapsizmi?
Nemis tilini kuchli mutaxassislardan o'rganmoqchimisiz?


O'z qadriyatlariga ega bo'lgan bo'lgan Deutsch zentrum o'quv markazi sizga barcha yechimni taqdim etadi.

Deutsch zentrum o'quv markazi Goethe zertifikatining

A1/A2
B1/B2
C1
TestDaF


darajalari uchun o'quvchilarni guruhlarga qabul qiladi.

Oflayn kurslar
Standart guruhlar 6-8 kishi
Alohida (individualniy) 1-2 kishi

Onlayn kurslar
Standart guruhlar 6-8 kishi
Alohida (individualniy) 1-2 kishi

Darslar C1 darajasiga ega o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

P. S. Har bir daraja uchun o'quvchilar 2 oy tayyorlanishadi holos.

Eslatma: Markazimizda Germaniyaga jo'natish bo'yicha konsalting xizmatlari ham mavjud.

Nemis tili kursi uchun ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun:
+998945638556
+998990080767

Bizning manzil

Telegram l Instagram
9.2K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-02-03 06:01:00
Ozarbayjon hukumati grant dasturi: barcha bosqichlarda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grant Ozarbayjondagi yetakchi davlat universitetlarida ingliz, ozar yoki rus tlida oʻqish imkonini beradi.

Quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Doktorantura
– Umumiy tibbiyot dasturlari
– Rezidentlik dasturlari

Grant imkoniyalari:
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– 470 dollar oylik stipendiya
– Aviachiptalar olib beriladi
– Tibbiy sugʻurta qilinadi
– Viza va roʻyxatdan oʻtish xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ozarbayjon-hukumati-grant-dasturi-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
9.6K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-02-02 16:06:39 Tibbiyot sohasiga oid grantlar

Tibbiyot sohasi uchun boshqa koʻplab sohalarga qaraganda kamroq grant eʼlon qilinadi. Baʼzida tibbiyot sohasi uchun grant topish biroz qiyin kechadi.

Shu sabali, bugun ayrim tibbiyotga oid dasturlarning roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

DASTURLAR ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
10.3K views13:06
Ochish/sharhlash
2022-02-02 14:16:31
Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichida oʻqish uchun 1000 yevro oylik stipendiya va bepul sugʻurta!

Belgiyadagi Ghent universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun Top-up grantlarini taklif etadi.

Har yili 10 nafargacha talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Toʻliq tarifdagi bepul sugʻurta.
– Kontrakt summasiga chegirma (5687 yevro emas, 947 yevro kontrakt toʻlanadi).

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qiliinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ghent-university-top-up-grants/

@grantlar
11.2K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-02-02 09:45:00 Bugun Polshada 2 semestr o'qish va tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Lane Kirkland Scholarship Program haqida post joylagan edik.

Mazkur granti yutib, Polshada tahsil olib kelgan hamyurtimiz dasturga qabul jarayonida topshirgan inshosini (Proposed program plan) biz bilan bo'lishgan.

E'tiboringizga uning inshosini taqdim etamiz.

INSHONI KO'RISH

@grantlar
10.4K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-02-02 08:22:18
Stipendium Copernicus bo'yicha Zoom uchrashuv

Stipendium Copernicus dasturi bakalavr va magistrlarga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkonini beradi (nemis tilida). Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq xarajatlar qoplanadi.

O'zbekistondagi Germaniya elchixonasi ushbu dastur bo'yicha Zoom uchrashuv e'lon qildi. Uchrashuvda dastur, unga qabul jarayoni va boshqalar haqida kerakli ma'lumotlar beriladi.

Uchrashuv vaqti: 5-fevral,16:00 (Uzb vaqti bilan)

Zoom uchrashuv linki

Meeting-ID: 974 4262 8781
Password: 542150

Stipendium Copernicus dasturiga arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
8.9K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-02-02 06:43:24
Lane Kirkland Scholarship Program: Polshada 2 semestr oʻqish va tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Dasturga 45 nafar atrofida ishtirokchi qabul qilinadi va ular polyak va/yoki ingliz tilida 2 semestr davomida Polshada oʻqib, tadqiqot olib boradi.

Kamida magistrlik darajasi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Jami 4430 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Turar joy, sugʻurta, viza, Polshadagi transport xarajatlari qoplanadi
– Bepul polyak tili kursi

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/lane-kirkland-scholarship-program-polshada-2-semestr-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
913 views03:43
Ochish/sharhlash
2022-02-01 13:47:00 BGF granti gʻolibining hujjatlari

Fransiyada magistratura bosqichida oʻqishni moliyalashtiruvchi BGF granti gʻolibining hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

HUJJATLARNI KOʻRISH

Maʼlumot uchun:

BGF granti haqida batafsil

BGF gdasturi gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
7.1K views10:47
Ochish/sharhlash