Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.06K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 230

2022-02-05 06:01:00
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
10.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-02-04 15:34:56
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

54th World Gallery of Cartoons – Skopje 2022 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
7.1K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2022-02-04 13:35:37
Siz 2022-yil fevral oyidan talaba (Bakalavr) bo’lishni istaysizmi?

Universitet Toshkenda joylashgan!

Qabul suhbat asosida.

Shahar: Toshkent
Ta'lim tili: O'zbek
Ta'lim turi: Sirtqi, Kunduzgi va Kechki
Bakalavr Diplomi
Universitet: Litsenziya | Akkreditatsiyaga ega
O'zbekistonda tan olinadigan Diplom

Yo'nalishlar:
Ta'lim menejmenti
Pedagogika va Psixologiya
Boshlang'ich ta'lim
Ingliz tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Turizm
Iqtisod

Qabul soni chegaralangan!

Kontrakt to'lovi:
Sirtqi: 12 mlndan boshlanadi (yiliga)
Kunduzgi: 18 mln dan boshlanadi (yiliga)
Kontrakt 50% to'lash imkoni bor (shartnoma berilganida)

Batafsil ma'lumot uchun:

+998950909996
+998993417676
7.4K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-02-04 12:20:11
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
Dastur talablari qanday?
Qanday hujjatlar topshiriladi?
Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
8.2K views09:20
Ochish/sharhlash
2022-02-04 10:49:54
Siz ham ushbu o'quvchimiz kabi AQSHda o'qishni xohlaysizmi?

Siz uchun keng miqyosdagi universitetlar tanlovi bizda mavjud

Bakalavriat uchun IELTS 6.0 va maktab tamomlaganiga 2 yildan oshmagan abituriyentlar, magistratura uchun IELTS 6.5 kifoya.

Hoziroq hujjatlaringizni online tarzda yuboring.

Qabul 10-fevralgacha.

Murojat uchun: @student_placement

+998900693334
9.1K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2022-02-04 06:01:00
Qirgʻizistonda jurnalistlar va jurnalistika talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik trening!

Trening 2022-yil 13-iyundan 1-iyulgacha Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida (Bishkek) boʻlib oʻtadi.

Dasturda rus tilida boʻladi. 18-30 yoshli jurnalistlar va jurnalistika talabalari qatnashishi mumkin,

Imkoniyatlari:
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy, mahalliy transport va oziq-ovqat uchun mablagʻ
– Sugʻurta
– Oʻquv materiallari

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/jurnalistlar-va-jurnalistika-talabalari-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-3-haftalik-trening/

@grantlar
10.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-02-03 17:31:00
Yevropada oliy ta'lim!

Polshada joylashgan "Akademia WSB University" oliygohida o‘qish uchun bahorgi qabul boshlandi!

Krakow, Dabrowa Gornicza shaharlarida joylashgan WSB Universityda bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida talaba bo‘libgina qolmay, "Erasmus+" va "Work and Travel" dasturlarida ishtirok etish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

O‘qish uchun 1400€ to‘lab, mart oyidan bemalol quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishni boshlay olasiz:

International Business;
Computer science;
International relations;
Master in Management: Financial Marketing and Accounting;
Master in Management: International Human Resource;
Master in Engineering: Transport logistics;
Master in Data science: Computer Engineering.

Til kurslari, ishchi viza ham mavjud. Sizdan IELTS talab etilmaydi!

Qabul uchun "Fedu group" agentligi bilan onlayn intervyu qilinadi.

Hujjatlar onlayn qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun: +998974456399
5.6K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-02-03 16:45:00
Irlandiya: Irlandiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 60 ta!

Irlandiya hukumatining xalqaro taʼlim grantlari Irlandiya universitetlariing bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun 1 yillik toʻliq grantlarni taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– 1 yil uchun 10 000 yevro stipendiya
– 1 yil davomida kontrakt puli va boshqa badallardan toʻliq ozod qiladi

Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/government-of-ireland-international-education-scholarships-programme/

@grantlar
6.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-02-03 16:00:14 Nothing is impossible!

CEFR va IELTS instruktor, AQSHdagi nufuzli universitetga to'liq grant yutgan o'zbek qizi bosib o'tgan yo'li haqida hikoya qilib, foydali maslahatlar, grant yutish sirlari bilan bo'lishadi.

Kanal barcha bakalavr, magistrlar, o'qishini AQSHga ko'chirmoqchi bo'lganlar va ingliz tili o'qituvchilari uchun.

Kanalga oʻtish
https://t.me/studystrivefordream
7.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-02-03 11:01:40
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

https://t.me/grantlar_namuna/181

@grantlar
9.7K views08:01
Ochish/sharhlash