Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 223

2022-02-21 11:55:19
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
7.8K views08:55
Ochish/sharhlash
2022-02-21 10:47:59
“Zakovat” viktorinasi davom etadi!

Minglab yoshlar intizorlik bilan kutayotgan “Zakovat” onlayn viktorinasiga 21-fevraldan start beramiz. 13-mart kuniga qadar o‘ynaladigan viktorinada ishtirok etib, g’oliblar safidan joy oling.

Finalda g‘olib bo‘lgan 5 nafar ishtirokchi zamonaviy smartfonlarga ega bo’ladi.

Loyiha konsepsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Savollar har kuni 15:00 da berib boriladi.

Hoziroq @yoshlartanlovbot dan ro‘yxatdan o‘ting!

@yoshlarittifoqi_uz
7.6K views07:47
Ochish/sharhlash
2022-02-21 09:53:54
CRG Summer Internship Programme: Bakalavriat talabalari uchun Ispaniyda barcha xarajatlari qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi!

Dastur bakalavr talabalariga 2022-yil yozida Barselonadagi tadqiqot markazida amaliyot oʻtash imkonini beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 600 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (800 yevrogacha)
– Baselonada jamoat transportidan foydalanish uchun 2 oylik chipta

Arizalar 2022-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/crg-summer-internship-programme-bakalavriat-talabalari-uchun-ispaniyda-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
9.2K views06:53
Ochish/sharhlash
2022-02-21 09:00:23
Assalomu alaykum, azizlar!

LIGHTMAN GROUP KOMPANIYASI tomonidan ajoyib barchaga manzur bo'ladigan AKSIYA boshladik

Endilikda
ITALIYA davlatida
Top 1000 Universitetda
GRANT va STIPENDIYA 6150€ olib o'qish istagingiz bor, lekin mablag'ingiz yetmayaptmi?

Aynan sizlar uchun MEGA AKSIYA
28.02.2022 sanaga QADAR.

Firma to'lovi:
23 000 000 so'm emas
20 000 000 so'm emas
40% DISCOUNT ni E'LON qilamiz (15 mln so'm)

+99897-9417700

Direct:
@lightman_group_admin1

Telegram channel: @lightmangroupconsulting
8.3K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-02-21 06:01:00
Estoniyada 5 oygacha tadqiqot uchun 500 yevro stipendiya – yo’l xarajatlari ham qoplanadi!

Dasturga:
– Bakalavriatning bitruvchi kurs talabalari;
– Magistrlar;
– Doktorantlar;
– Postdoktor tadqiqotchilar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqot Estoniyaga oid biror mavzuda (madaniyati, tili va hk) ingliz yoki eston tilida olib boriladi (eston tilini bilish shart emas).

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 500 yevro stipendiya
– Yoʻl xarajatlari uchun 820 yevro mablagʻ

Batafsil
https://grantlar.uz/estoniyada-5-oygacha-tadqiqot-uchun-500-yevro-stipendiya-yol-xarajatlari-ham-qoplanadi/

@grantlar
10.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-02-20 10:45:00
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar qabuli uchun 2022-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
7.5K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-02-20 10:01:00
Yevropaning nufuzli universitetlaridan birida ta'lim olish imkonini qo'ldan boy bermang!

QS Top 1000 universitetlarida

Barcha bosqich va yo'nalishlar mavjud

30-50% scholarship
Kuzgi semester uchun ajoyib imkoniyat

Kerakli hujjatlar:
•Pasport
•Rasm
•Diplom yoki Atestat
•IELTS

Hujjatlarni online tarzda
@student_placement ga yuboring

Murojaat uchun:
+998900693334
+998909188882
7.4K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-02-20 06:15:00
GKS (magistratura) gʻolibasi bilan suhbat

Grantlar.uz jamoasi Janubiy Koreyada magistraturani oʻqish uchun GKS toʻliq grantini yutib olgan hamyurtimiz Dilfuza Guzarova bilan suhbat qilgan.

Suhbatda gaplashilgan masalalar:
– Grant imkoniyatlari
– Granti yutishda rol oʻynagan omillar
– Koreyada oʻqish jarayoni
– GKS orqali Koreyaga borganda ishlash mumkinmi va boshqalar

Suhbatni oʻqish
https://grantlar.uz/blog/kgsp-interview-with-winner/

@grantlar
8.8K views03:15
Ochish/sharhlash
2022-02-19 17:00:43 ​​ Barcha sohalar bo’yicha Scopus jurnallarida maqolangizni chop qiling!

Scopus dunyodagi eng yirik ilmiy davriy nashrlar va iqtibosliklarning ma'lumotlar bazasidir.

Scopus jurnallaridagi maqolalar OAK ro’yxatidagi jurnallardagi nashrlarga tenglashtiriladi.

Siz maqolangizni Scopus jurnallarida chop qilishni xoxlaysiz, biroq maqolangizni jurnal talablari darajasida rasmiylashtirishda muammolar bormi?

Sizga o’z xizmatlarimizni taqdim qilamiz:

Scopus jurnallarini qidirish va tanlash;
Scopus jurnallari uchun maqolalar tayyorlash;
Maqolalar uchun Proof reading xizmatlari;
Scopus jurnallarida maqolalar chop qilish;
Maqolalar indeksatsiyasi va muddatlari;
Jurnallarning Scopus bazasidagi holati va aktivligini tekshirish.

Har bir chop qilingan maqola Scopus bazasiga indeksatsiya qilinadi.

Bu sohada Sizni qiynayotgan va tushunmayotgan savollar bo'lsa biz bilan bog'laning.

Murojaat:
@publicationu

Telegram: https://t.me/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
5.7K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-02-19 12:47:06
Global Korea Scholarship: Magistratura, doktorantura, tadqiqot va oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari uchun toʻliq grant!

Kimlar ariza bera oladi?
– Magistratura va doktoranturada oʻqimoqchi boʻlganlar;
– 6-12 oy Koreyada tadqiqot olib bormoqchi boʻlganlar;
– Koreyada tajriba almashmoqchi boʻlgan boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida ishlovchi koreys tili oʻqituvchilari ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlar:
– Borish-kelish xarajati qoplanadi
– Oʻqish toʻlovi qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– 1250 dollargacha oylik stipendiya
– Joylashib olib, tadqiqot olib borish uchun mablagʻ

Qabul muddati:
– Embassy Track: Oʻzbekistondagi Koreya taʼlim markazi orqali hujjatlar qabuli 2022-yil 7-mart, 15:00 gacha davom etadi;
– University Track: Bevosita universitetga hujjat topshirish muddati universitetga qarab farq qiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/koreya-hukumatining-stipendiya-dasturi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
8.3K views09:47
Ochish/sharhlash