Get Mystery Box with random crypto!

Dars #174 in/at/on ko'makchilari joy (makonni) bildiruvchi bir | Grammar Notes

Dars #174 in/at/on ko'makchilari joy (makonni) bildiruvchi birikmalarida (III)

Mazkur darsda in/at/on bilan qoʻllaniladigan maxsus birikmalarni koʻrib chiqamiz.
in bed
at work
at school
in prison
at home
at university
in hospital
at college
at sea
Mark isn't up yet. He's still in bed.
I'll be at work until 5.30 but I'll be at home all evening.

at sea dengiz sayohatida va in the sea dengizda birikmalarini qiyoslaymiz:
It was a long voyage. We were at sea for 30 days. (Dengiz sayohatida 30 kun boʻldik)
I love swimming in the sea. (Dengizda suzishni yoqtiraman.)

Biror tadbir yoki marosimda boʻlish ham at koʻmakchisi bilan ifodalanadi:
at a party
at a football match
at a meeting
at a concert
at a funeral
Were there many people at the party/at the meeting?
I saw Jack at the football match.

Binolar oldidan qoʻllanilganda in va at koʻmakchilar bir-biri oʻrnida qoʻllanishi mumkin. Masalan, in a restaurant va at a restaurant birikmalari bir xil ma'no beradi. Ba'zida esa biroz farq bor: bino biror tadbir yoki marosim sodir boʻladigan joy sifatida tushunilganda at koʻmakchisi, binoning oʻzi nazarda tutilganda in koʻmakchisi ishlatilgani ma'qul.
The film I want to see is showing at the Odeon cinema. (kinoteatr kino ko'radigan joy)
I enjoyed the film but it was very cold in the cinema. (kinoteatr bino)

Jamoat binolarida, birovning uyida boʻlmoq degan ma'nolarda ham at koʻmakchisi qoʻllaniladi.
at the station
at the airport
at the doctor's
at the hairdresser's
at Judy's/at Tom's
Don't meet me at the station. I can get a taxi.
I was at Judy's house/at Judy's last night.

Biz shaharlar, shaharcha va qishloqlar oldidan in koʻmakchisini qoʻllaymiz.
The Louvre is a famous art museum in Paris.

Ammo yoʻlda toʻxtab oʻtish joyi sifatida tushunilganda at yoki in qoʻllanishi mumkin.
Do you know if this train stops at (in) Nottingham?

Transport vositalariga kelganda asosan in/on koʻmakchilari ishlatiladi.

in koʻmakchisi asosan car/taxi soʻzlari bilan qoʻllaniladi: in a car/in a taxi/in Tom's car
George arrived in a taxi.

on koʻmakchisi jamoat transportlari (bus/tram/train/plane/ship/boat va hakozolar) bilan qoʻllaniladi: on a bus/on a ship/ on a plane
There were a lot of people on the bus.

on koʻmakchisi, shuningdek horse/bike/bicycle/motorcycle soʻzlari bilan qoʻllaniladi: on a horse/on a motorcycle
Mary passed me on her bicycle.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA