Dars #173 in/at/on ko'makchilari joy (makonni) bildiruvchi bir | Grammar Notes
Dars #173 in/at/on ko'makchilari joy (makonni) bildiruvchi birikmalarida (II)
in koʻmakchisi -da degan ma'noda quyidagi birikmalarda ham qoʻllaniladi. in the world in the sky/in space in a city/street in a line/row/queue in a picture in a magazine in a mirror in a book in a letter in a photograph in a newspaper in an armchair When I go to the cinema, I prefer to sit in the front row. Who is the woman in that photograph?
on koʻmakchisi quyidagi birikmalarda -da degan ma'noda qoʻllaniladi. on the ground/first floor on the map on a list on the right/left on the menu on a farm In Britain you should drive on the left. (on the left-hand side) Have you ever worked on a farm?(in a farm emas)
Biror shahar ichidan daryo kesib oʻtgan boʻlsa, on koʻmakchisi qoʻllaniladi. London is on the river Thames.
Shunga oʻxshash holat on the roadyoʻlda, on the coastsohilida degan birikmalarda ham kuzatiladi. Portsmouth is on the south coast of England.
on the way birikmasi ketayotib,yoʻl-yolakay ustida degan ma'noda qoʻllaniladi. We stopped at a small village on the wayto London.
corner - burchak soʻzi bilan xonaning burchagi degan ma'noda in, koʻchalar kesishgan joydagi burchak degan ma'noda at yoki on koʻmakchilari bilan qoʻllaniladi. The television is in the corner of the room. There is a public telephone at/on the corner of the street.
Quyidagi vaziyatlarda back/front so'zlari bilan in/at/on ko'makchilarini ishlatilishiga e'tibor bering:
Mashinaning oldi oʻrindig'i yoki orqa oʻrindig'i degan ma'nolarda in koʻmakchisi qoʻllaniladi (in the front/in the back of the car). I was sitting in the back (of the car) when we crashed.
Odamlar guruhi yoki binoning oldingi qismida degan ma'noda at koʻmakchisi qoʻllaniladi. The garden is at the back of the house. I was standing at the back, so I couldn't see very well. (odamlarning orqasida)
Xat yoki qog'ozning oldi yoki orqa tarafida degan ma'nolarda esa on koʻmakchisi qoʻllaniladi (on the front/on the back of a letter/an envelope) . Write your name on the back of this envelope.
If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes#2023 #newlessons Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA