Get Mystery Box with random crypto!

Dars #141 Relative clause II qism Avvalgi darsda biz gapda | Grammar Notes

Dars #141 Relative clause II qism

Avvalgi darsda biz gapda egani izohlab kelgan relative clause haqida soʻz yuritgan edik. Endi gapda toʻldiruvchini izohlab kelgan relative clauselarni koʻrib chiqamiz.
The man was away on holiday. I wanted to see him. (... ikkita gap, ikkinchi gapdagi him olmoshi toʻldiruvchi)
Yuqoridagi ikkinchi gapni relative clause ga aylantiramiz va bitta gap qilib yozamiz. Toʻldiruvchi shaxs (inson) boʻlganligi uchun whom/that olmoshi qoʻllaniladi.
The man whom (that) I wanted to see was away on holiday. (whom I wanted to see gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (The man) dan keyin joylashgan.)
Most of the people whom I invited to the party couldn't come. (whom I invited to the party gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (most of the people) dan keyin joylashgan.)

Toʻldiruvchi predmet (jonsiz narsa) boʻlgan holatda which/that olmoshini qoʻllaymiz.
Have you found the keys? You lost them. (...ikkita gap, ikkinchi gapda them olmoshi toʻldiruvchi.)
Yuqoridagi ikkinchi gapni relative clause ga aylantiramiz va bitta gap qilib yozamiz.
Have you found the keys which(that) you lost? (which you lost gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (the keys) soʻzidan keyin joylashgan)
The dress which (that) Ann bought doesn't fit her very well. (which (that) Ann bought gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (the dress) soʻzidan keyin joylashgan.)

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan gaplarda relative clause toʻldiruvchini izohlab kelganligi tufayli whom/which/that olmoshlarini tushirib qoldirishimiz ham mumkin.
The man I wanted to see was away on holiday. (=whom (that) I wanted to see)
Most of the people I invited to the party couldn't come.(=whom I invited to the party)
Have you found the keys you lost? (=which(that) you lost?)
The dress Ann bought doesn't fit her very well. (=which (that) Ann bought)

Agar toʻldiruvchi oldida predlog boʻlsa, predlog whom/which soʻzlaridan oldin qoʻllaniladi.
The girl with whom he fell in love left him after a few weeks.
The bed in which I slept last night wasn't very comfortable.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA