Get Mystery Box with random crypto!

Google Bilan

Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan G
Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan
Kanal manzili: @google_bilan
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda internetdagi eng qiziqarli maqolalar oʻzbek tilida berib boriladi. Barchasi faqat siz uchun. 🙂
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun — @Akhtamov_Umidjon
Qiziqarli maʼlumotlar boʻlsa, ulashish uchun — @Umidjon_Akhtamov

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-24 18:24:01 Siz bir marta bo'lsa ham kimningdir ismini buzib chaqirganmisiz?

— Deyl Karnegi ta'kidlashicha kimgadir yoqish uchun uni ismi bilan chaqirish kerak ekan. Lekin bugungi kunga kelib ismlarni buzib aytish modaga aylangan.

— Mayli, bir shaxsni ismini buzib aytish global muammolarga sabab bo'lmas. Lekin butun boshli mamlakatning nomini aytishda xato qilinsa nima bo'ladi?

— Buyuk Britaniyalik yigit Afrikaning bir mamlakatiga tashrif buyuradi. Ingliz tashrif buyurgan mamlakatning nomi Kirinyaga edi, lekin u talaffuzda qiynalgani sababli, mamlakatni osongina qilib Keniya deb talaffuz qiladi.

— Hozirda esa, kichik xatoning orqasida Kirinyagaliklar butun dunyoga Keniyaliklar deb tanila boshladi. Achinarlisi, Keniyaga o'xshagan davlat va shaharlar yer yuzida ko'plab topiladi.

@google_bilan
2.9K views15:24
Ochish/sharhlash
2022-02-24 16:03:00
Salom, Bro! Keling tanishamiz, Мen MiBro - sizning smartfonlar dunyosidagi do’stingiz!

Bu yerda barcha turdagi elektron mahsulotlar va telefonlarni O’zbekistondagi eng qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Behazil. Tekshirishingiz mumkin :)

Hurmat bilan,
@MiBro_uz

(33)3399966 I @MiBro_manager

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.6K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-02-23 16:40:07
Televizorning vatani qayerda?

— 1928-yil olamshumul voqea sodir bo'ladi. Rus ixtirochilar Boris Pavlovich va Ivan Fillipovich elektron nur yordamida tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan moslamani kashf qilishadi. Ushbu qurilmani hozirda "televizor" deb ataymiz.

— E'tiborli jihati ushbu hodisa O'zbekistonning poytaxti hisoblanmish o'zimizning Toshkent shahrida sodir bo'lgan.

@google_bilan
1.6K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-02-22 16:18:01
Nimaga Puma kompaniyasi Pelening oddiy harakati uchun $120.000 to'ladi

— Braziliya va Peru o‘rtasidagi chorak final bahsida Pele Puma butsasini kiygan edi. O'yinning ochilishida u barcha muxlislar va kameralarning e'tibori unda ekanligini yaxshi bilgan holda hakamdan butsalarini bog'lab olish uchun ruxsat so'radi.

— Kutilganidek, kameralar diqqatni Pele va uning bog‘lanmagan Puma butsalariga qaratdi va shu tariqa dunyodagi birinchi virusli reklama yaratildi. Garchi bu arzonga tushmagan bo'lsada, krassovkalar brendi uchun juda yaxshi reklama vazifasini o'tab bergan.

@google_bilan
1.6K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-02-21 17:05:17
Eng birinchi Youtuber...

— Bugungi kunga kelib mashxur bo'lish ancha oson bo'lib qoldi. Shunchaki, telefoningizni kamerasini ishga tushurasiz, video tayyorlaysiz va tamom. Ijtimoiy tarmoqlarning o'zi sizni mashxur qiladi.

— Shunday ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblangan Youtubedagi eng birinchi videoning nomi "Men hayvonot bog'idaman" deb nomalangan bo'lib, ushbu videoni 2005 yil 14-fevral sanasida asos solingan Youtube playformasiga Javed Karim tomonidan taqdim etilgan.

@google_bilan
1.5K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2022-02-20 17:19:01
Boshqacha rekordlar

— Eng elastik teri egasi Garri Turner. Bolalikda kamyob kassalikka chalinishi uni rekordchiga aylantirdi. Garri qornini 95 santimetrgacha cho'za oladi;

— "Tirnog'ingni olmaysanmi?". Bu tanbehni deyarli barchamiz eshitganmiz. Ammo, Li Redmond ismli ayolga 30 yil davomida bu tanbehni hech kim bermagan ko'rinadi. Uning barcha tirnoqlarining uzunligi sal kam 10 metrni tashkil qiladi.

— To'g'ri ma'noda bir qarich boshqacha qilib aytganda eng uzun til egasi Nick Stoeberl. Uning tilini uzunligi 10.10 santimetrni tashkil etadi.

Yuqoridagi rekordlarni yangilay oladigan do'stlarimgiz bo'lsa postni ular bilan ulashing.

@google_bilan
1.3K views14:19
Ochish/sharhlash
2022-02-19 16:45:12
Qotil jonzotlar ro'yxati

Timsoqlar har yili 1.000ta odamni hayotiga nuqta qo'yadi;

Chayonlarda esa bu ko'rsatkich - 3.300ga teng.

— Ko'pchilikning sevimli uy hayvoni hisoblangan itlar esa, yiliga 59.000ta insonning umriga zomin bo'ladi.

Ilonlarda esa bu ko'rsatkich itlarnikida 2 barobar ko'proq - 138.000

— Insonlarni o'ldirish bo'yicha qaysi jonzot "chempion" deb o'ylaysiz? Yo'q, vahshiy sherlar emas, balki mittigina chivinlar hisoblanadi. Ularning bu borada ko'rsatkishi esa 725.000ga teng.

@google_bilan
1.6K viewsedited  13:45
Ochish/sharhlash
2022-02-18 17:12:48
Internet matematikalar nigohida:

— Internetning umumiy hisobda 5.1 milliard foydalanuvchisi mavjud;

— Lekin, 2.9 milliard aholida internetdan foydalanish imkoniyati mavjud emas;

— Har daqiqada Youtubedan 500 soatdan ko'proq miqdordagi videolar yuklanadi;

— Vebsaytlarning 25% ingliz tilida;

— BAA, Qatar, Daniya va Islandiya mamlakatlarida 99% aholi internet bilan to'liq ta'minlangan.

@google_bilan
2.6K viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2022-02-17 16:07:43
McDonald's haqida:

— McDonald'sda bir kunda ovqatlanadiganlar soni, Buyuk Britaniya aholisidan ko'proq;

– Bill Geyts u yerda bepul ovqatlanishi mumkin;

– Har 14.5 soatda McDonald'sning yangi filliali ochiladi;

– McDonald's dunyodagi eng katta o'yinchoq tarqatuvchi kompaniya hisoblandi.

Siz McDonald's haqida nimalarni bilasiz?

@google_bilan
1.6K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2022-02-16 16:23:01
Shimoliy Koreya haqida antiqa faktlar

— Mahalliy televideniye uch kanaldan iborat bo'lib, ularni ikkitasi faqatgina dam olish kunlarida ishlaydi, uchinchisi esa, efirga faqat kechki paytda chiqadi;

— Yo'llarda bironta ham svetofor o'rnatilmagan;

— Mamlakatda "saylov"lar har 5 yilda o'tkaziladi. Ammo, bilyutenlar faqat bittagina ismni o'zida aks ettiradi.

@google_bilan
1.8K viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash