Get Mystery Box with random crypto!

Google Bilan

Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan G
Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan
Kanal manzili: @google_bilan
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda internetdagi eng qiziqarli maqolalar oʻzbek tilida berib boriladi. Barchasi faqat siz uchun. 🙂
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun — @Akhtamov_Umidjon
Qiziqarli maʼlumotlar boʻlsa, ulashish uchun — @Umidjon_Akhtamov

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2021-05-03 06:01:47
1 ta bargni 1 oy hazm qilish hammaga ham emas

– Yalqovlarning ovqat hazm qilish sikli taxminan 30 kunni tashkil qiladi, shuning uchun ular bitta bargni taxminan bir oy davomida hazm qilishlari mumkin.

P.S.: Yalqovlarni koʻpchilik koalalar bilan adashtirishadi. Aslida bu ikki jonizot umuman boshqa-boshqa.

@google_bilan
12.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-05-02 09:15:00
"Хитрый" rus ishchilari

– Qadimgi davrda Rossiyada marvarid tozalovchilar ishlarini osonlashtirish uchun marvaridlarni tovuqlarga berishgan. Tovuq oshqozonida anchagina kuchli ovqat parchalovchi moddalar marvarid yuzasini silliq koʻrinishga kelishiga yordam bergan. Ishning soʻngida ishchilar tovuqni so'yib, marvaridlarni oshqozonidan olishgan.

P.S.: Va katta ehtimol bilan har ikki kunda tovuq shoʻrva ichishgan.

@google_bilan
15.5K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2021-05-01 13:37:02
Mahbuslar soni koʻpligi bilan "faxrlansa arziydigan" davlatlar

– Panjara ortidagi odamlari soni bo'yicha AQSh eng yetakchisidir. AQSHda 2,2 million fuqaro qamoqda dunyodagi barcha mahbuslarning 25 foizi shu davlatda yashaydi. Reytingda Xitoy 1,5 million bilan ikkinchi, Rossiya esa 870 ming bilan uchinchi o'rinda turadi.

P.S.: Ammo lekin Xitoyda oʻlim jazosi borligini hisobga olsak, anchagina jinoyatchilar panjaragacha bormaydi

@google_bilan
15.8K viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2021-04-30 17:30:14
Ernest Xeminguey va Faxriyor – qisqa durdonalar mualliflari

– Ernest Xeminguey bir kuni bahs ustida barchani yigʻlatadigan, urush davriga bagʻishlab juda qisqa hikoya yozadi. Hikoya quyidagi soʻzlardan tashkil topgan edi: "Bolalar oyoq kiyimi sotiladi: biror marta kiyilmagan"

– Oʻzbek shoiri Faxriyor esa, oʻzbek tilidagi eng qisqa va turli maʼnoga ega boʻlgan sheʼr bitgan. Bu bor yoʻgʻi ikki soʻzdan tashkil topgan sheʼr boshqa ijodkorlar tomonidan tan ham olingan. Sheʼr bilan tanishing: "Oy bolta". Bu sarlavha emas, bu sheʼr.

P.S.: Yuqoridagi durdonalarni yod olib qoʻying. Axir, yod olishga eng qulay hikoya yoki sheʼrni kim ham yoqtirmaydi)

@google_bilan
16.8K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-04-30 09:19:35
Pingvinlar va vokzallar – bogʻliqlik nimada?

– Pingvinlar sovuq va shamolli kunlarda toʻdaga yig'ilib, issiqlik hosil qilishadi. Pingvin bolalarini yanada yaxshiroq boʻlishi uchun markazda saqlashadi.

– Sovuq qish kunlarida xuddi shu pingvin effekti sababli hattoki isitgichlari boʻlmagan vokzallar ham iliq holatda turadi. Bu yerda pingvinlar vazifasini odamlar (va ular nafas chiqarayotgandagi karbonat angidrid) oʻtaydi. Bu fakt asosida rus intelektual oʻyinlarida bir qancha savollar oʻynalgan.

@google_bilan
14.8K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2021-04-29 18:00:25
Vodorod yonadi, kislorod yonadi, unda nega bu ikkalasidan tuzilgan suv yonmaydi?

— Yuqori sinf oʻquvchilarini "sindiradigan" bu savolning javobi juda ham oddiy. Chunki suv – yonish mahsulidir. Yaʼni suv vodorodning yonishi natijasida kislorod bilan birikishidan hosil bo'ladi.

P.S.: Suvni yoqish – xuddi oʻtinni yoqib boʻlib, kulini qayta yoqishga harakatga oʻxshab tuyuladi.

@google_bilan
16.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-04-29 10:14:02
Xeops piramidasining g'ishtlari orasiga hatto "lezviya" ham sig'masligini eshitganmisiz?

— Xeops piramidasining g'ishtlari orasi shu qadar tor, ya'ni 0,5 mm(millimetr) qilib qurilganki, uning oralariga hatto "lezviya" (soqol olishda ishlatiladigan "ozgʻin" va oʻtkir metall) sig'maydi.

— Fransuz imperatori Napoleon ham bunga amin bo'lgan. U o'z qilichi bilan bu ishni qilishga urinib ko'rgan.

@google_bilan
15.5K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-04-28 10:30:17
BAAda sayyohlar qanday kiyinishadi?

– Bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklari zamonaviy davlat bo'lib, diniy masalalarga jiddiy qarashligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Bu davlatda yevropalik sayyohlar odatlanib qolgan ochiq kiyimlar qabul qilinmaydi. Agarda ochiq kiyimdagi qiz erkak hamrohlik qilmasdan ko'chada yursa, u holda odatda jarimaga tortiladi.

@google_bilan
18.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-04-27 17:03:22
Matematik tenglamalar "yulduzi" – oʻsha mashhur "x"ning kelib chiqishi

– Buyuk alloma Al-Xorazmiy barcha matematik asarlarida tenglamalardagi nomaʼlumni arabcha "shei" soʻzi bilan ifodalagan. Masalan "6+shei=12 boʻlsa, shei=12-6=6".

– Xorazmiy asarlari ispan tiliga tarjima qilinayotgan vaqtida "shei" – "xei" deb tarjima qilinadi, keyinchalik soddalashtirish maqsadida faqat birinchi harfga qisqartiriladi – yaʼni "x" nomaʼlumlar "taxtiga keladi".

@google_bilan
19.9K viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2021-04-26 14:58:04
Badiiy qahramondan oʻrganilgan metodlar

– Artur Konan Doylning Sherlok Xolms haqidagi hikoyalarda o'sha paytda politsiyaga noma'lum bo'lgan ko'plab sud-tibbiyot texnikalarini tasvirlab berilgan edi. Konan Doylning asarlari chiqarilgandan so'ng dediktiv usul butun dunyo kriminalistlari tomonidan qo'llanila boshlandi.

– Holat shu darajagacha borib yetdiki, 20-asrning boshlarida Misr jinoiy politsiya boshqarmasi yozuvchining asarlarini tergovchilar uchun majburiy imtihon dasturiga kiritdi.

P.S.: Asar yozsang, shunday boʻlsa-da.

@google_bilan
19.1K views11:58
Ochish/sharhlash