Get Mystery Box with random crypto!

Google Bilan

Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan G
Telegram kanalining logotibi google_bilan — Google Bilan
Kanal manzili: @google_bilan
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda internetdagi eng qiziqarli maqolalar oʻzbek tilida berib boriladi. Barchasi faqat siz uchun. 🙂
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun — @Akhtamov_Umidjon
Qiziqarli maʼlumotlar boʻlsa, ulashish uchun — @Umidjon_Akhtamov

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2021-04-25 07:17:44
Antraktida haqida qiziqarli maʼlumotlar

– Agarda Antraktidadagi barcha muzliklar erisa, dunyo dengiz sathi 60 metrga koʻtariladi.

– Gʻalati boʻlib tuyulishi mumkin, ammo Antraktidada ham daryolar va dengizlar mavjud. U yerdagi Ueddella dengizi sayyoramizdagi eng toza dengiz hisoblanadi.

– Mashhur afsonani inkor qilgan holda shu maʼlumki — Antraktidada oq ayiqlar yashamaydi.

– Antraktidaning oʻz telefon terish kodi, internet domeni va bayrogʻi bor.

P.S.: Yuqoridagi suratda siz antraktidaning bayrogʻini koʻrishingiz mumkin.

@google_bilan
21.9K views04:17
Ochish/sharhlash
2021-04-24 06:17:08
Applening siz bilmagan sirli marketinggi

– Apple kino industriyasidan oʻzgacha uslubda foydalanadi. Istalgan top kinofilmlardagi yaxshi personajlar faqatgina Apple mahsulotlaridan foydalanishadi. Kino avvalida Apple gadjetlaridan foydalangan yomon personajlar kino soʻngida aslida yaxshi ekanligi, dastlab boshqa gadjetlardan foydalanadigan obrazlar esa kino soʻngida sotqin boʻlib chiqadi.

P.S.: Bu fakt bilan siz kinolarning soʻngini taxmin qilishingiz yaxshilanishiga ishonamiz.

@google_bilan
21.5K viewsedited  03:17
Ochish/sharhlash
2021-04-23 08:30:10
Olma haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlar

— Olimlar guvohlik berishicha, selektsiya yo‘li bilan yaratilgan navlardan ko‘ra, chiroyli ko‘rinmasa ham yovvoyi olmalarda to‘yimli moddalar 15 foiz ko‘proq.

— Olmaning kesilgan joyi tez qorayib qolishi tarkibida temir moddasi ko‘pligidan dalolatdir. Olmaning rangida ham gap ko‘p. Ko‘k rangli navlar parhezbop va allergenlari kam olma hisoblanadi.

— Olmaning katta-kichikligida ham farq bor: hajmi juda katta bo‘lsa, unday olma yo pishib o‘tib ketgan yoki kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan, hajmi kichiklari esa pishib yetilmagan bo‘ladi.

@google_bilan
23.1K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-04-22 08:40:51
Familiya uchun qizil kartochka

– Familiyasi sababli qizil kartochka olish mumkinmi? Albatta mumkin. Buni Xemel-Xemsted Town klubi fubolchisi Sanches Watt "isbotladi".

– Bir uchrashuvda Watt qoʻpolligi uchun sariq kartochka ishlab oladi, ammo futbolkasida ismi koʻrsatilmagani uchun hakam undan "Sening isming nima?" deb soʻraydi, shunda futbolchi "Wott" (talaffuzi "what?" - "nima?" soʻziga oʻxshash) deydi. Hakam qayta soʻraydi, futbolchi esa hakam nazarida yana "nima?" deb javob beradi. Soʻng hakam uning "noprofessional muomalasi" uchun qizil kartochka koʻrsatadi.

P.S.: Ana sizga tushunmovchiligu, mana sizga "qoida buzarlik".

@google_bilan
24.9K views05:40
Ochish/sharhlash