Get Mystery Box with random crypto!

giglink

Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink G
Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink
Kanal manzili: @giglinkuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.35K
Kanalning ta’rifi

Eng soʻnggi texnologiyalar haqida
— ishonchli xabarlar
— batafsil tavsiflar
— va narxlar
Sayt: giglink.uz
Murojaat: @giglink_admin

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 25

2023-04-05 06:47:52
Bitta Spark qiymatiga teng BYD gibrid elektromobili

BYD kompaniyasi yangi Seagull elektromobilining suratlarini rasman taqdim qildi. Gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga urgʻu beradigan BYDʼning yangi modeli ham xuddi shunday boʻlishi aytilmoqda.

https://giglink.uz/p/2260403

// giglink.uz rasmiy kanali
7.6K views03:47
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:00:06
Amir Temur tavallud topgan kun arafasida 1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi qayta tiklandi.

Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.

// giglink.uz rasmiy kanali
10.9K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 17:11:00
Shunaqasi ham bo‘lib turadi: ChatGPT Mona Liza rasmini ASCII-art uslubida chizib berdi*, biroq…

yaxshisi davomini videoda guvohi bo‘ling. Sun’iy intellekt “shedevri” va asl rasm o‘rtasidagi farqni topish esa unchalik qiyin emas.

*So‘rov ChatGPT-4 pullik obunasida amalga oshirilgan.

// giglink.uz rasmiy kanali
11.0K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:37:51
Appleʼning eng noodatiy rahbari — Tim Kuk iPhone deyarli ishlatmaydi va elektron pochtasini hech kimdan yashirmaydi

Mana 12 yildirki Tim Kuk Apple kompaniyasida. Lekin “tishlangan olma” tashkiloti rahbari boshqa direktorlardan mutlaqo farq qilishi bilan eʼtiborni tortadi: Tim Kuk har kuni ertalab soat beshda uygʻonadi va istalgan kishi yozishi mumkin boʻlgan elektron pochtasini oʻqib chiqadi. Eng qizigʻi, Tim Kuk barchani iPhoneʼdan kamroq foydalanishga chaqiradi.

https://giglink.uz/p/3804177

// giglink.uz rasmiy kanali
10.7K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:08:05
Toshiba geymerlar uchun 100 dyuymli 4K televizori taqdim qildi

Toshiba Z870 MiniLED 4K 144 Gts li displeyga ega. Bir soʻz bilan aytganda, “yotib olib” oʻyin oʻynash uchun” kerakli barcha funksiyalarga ega. Ammo texnika narxi biroz “chaqadi”.

https://giglink.uz/p/4042769

// giglink.uz rasmiy kanali
11.1K views10:08
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:40:52
Apple AirPods’da endi SMS-xabar yozish mumkin bo‘ladi

Patentlangan quloqchin keysi variantlaridan birida quticha orqali Apple Musicʼdan foydalanish koʻzda tutilgan. Bu sizga musiqa tinglash, ovoz balandligini sozlash, qoʻshiqlarni tanlash va hokazo imkoniyatlarni beradi. Lekin bu hammasi emas.

https://giglink.uz/p/2158744

// giglink.uz rasmiy kanali
11.0K views08:40
Ochish/sharhlash
2023-04-04 07:05:25 Bugunning so‘nggi yangiliklaridan:

O‘zbekistonda kibersportchilar uchun sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘m bo‘lgan tanlov start olmoqda

Realme GT Neo 5 SE — arzonroq, qiziqarliroq va 240 Vt quvvatga ega smartfon taqdim etdi

// giglink.uz rasmiy kanali
11.9K views04:05
Ochish/sharhlash
2023-04-04 00:22:01
Endi qushcha uchib chiqmaydi: Twitter logotipi o‘zgardi va bu kriptovalyuta qiymatiga ta’sir qilmoqda

Ilon Mask nihoyat “va’dasini ustidan chiqmoqda”: Twitter rahbari ijtimoiy tarmoq logotipidagi qushcha tasvirini itga almashtirdi.

https://giglink.uz/p/3941510

// giglink.uz rasmiy kanali
12.9K views21:22
Ochish/sharhlash
2023-04-03 17:58:15
Apple asoschisi Stiv Jobs haqida ilk realistik kitob taqdim etiladi

Bugun Stiv Jobs rasmiy arxivi ilk nashrni raqamli platformalarda bepul elektron kitob koʻrinishida chiqarishini eʼlon qildi.

https://giglink.uz/p/8979036

// giglink.uz rasmiy kanali
12.9K views14:58
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:32:08
Pavel Durov Dubay amiri shayx Muhammad tashkil qilgan iftorlikda ishtirok etdi

Dubayda muqaddas Ramazon oyi sharafiga qirollik oilasi hurmatga sazovor mehmonlar ishtirokida uchrashuv o’tkazdi. Tadbir mehmonlari orasida Pavel Durov ham bor edi, u boshqalar qatori amirlik rahbarini ro’za oyi bilan tabrikladi.

// giglink.uz rasmiy kanali
12.9K views13:32
Ochish/sharhlash