Get Mystery Box with random crypto!

giglink

Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink G
Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink
Kanal manzili: @giglinkuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 28.91K
Kanalning ta’rifi

Eng soʻnggi texnologiyalar haqida
— ishonchli xabarlar
— batafsil tavsiflar
— va narxlar
Sayt: giglink.uz
Murojaat: @giglink_admin

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2023-04-05 18:02:41
Mart oyining eng yaxshi uchta filmi tahlili: “Jon Uik 4”, “Qichqiriq 6” va “Tetris”

Mart oyining uzoq kutilgan yorqin premyeralarini tahlil qilamiz, syujeti borasida soʻzlab oʻtamiz, bir soʻz bilan aytganda, agar bu filmlarni hali ham koʻrmagan boʻlsangiz, koʻrishga ishtiyoqingizni oshiramiz.

https://giglink.uz/p/1786501

// giglink.uz rasmiy kanali
12.2K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-05 16:38:46
Yomgʻir va qorda elektr-samokatda yurish qanchalik xavfsiz?

Yogʻingarchilikda elektr-samokatlar va skuterlarda yurish ham texnika, ham inson uchun xavfli boʻlishi mumkin.Bu elektr skuterning modeliga va yomgʻirning kuchiga bogʻliq.

Biz sizni mazkur texnikalardan voz kechishga chaqirmaymiz, shunchaki baʼzi bir qoidalarga rioya qilsangiz, yomon ob-havo sharoitida ham ularni minishingiz mumkin:

https://giglink.uz/p/0533712

// giglink.uz rasmiy kanali
11.8K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:43:05
Yandexʼdan “shedevr”: matnli soʻrovlar asosida tasvir yaratadigan neyrotarmoq ishlab chiqildi

Yandex kompaniyasi rus va ingliz tillarida rasm generatsiya qiladigan yangi sunʼiy intellekt ishlab chiqdi. Shedevrum 0.1.4 beta-versiyasidan siz ham foydalanib koʻrishingiz mumkin. Faqat natijalarni “shedevr” boʻladi deb qattiq ishonib qolmang…

https://giglink.uz/p/6567261

// giglink.uz rasmiy kanali
11.6K views10:43
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:53:08
Navbatdagi kamera battle: Oppo Find X6 Pro va iPhone 14 Pro Max kamera imkoniyatlari solishtirildi

Ice Universe nomi ostida blog yuritadigan taniqli insayder oʻz sahifasida Oppo Find X6 Pro va iPhone 14 Pro Max kameralarida olingan suratlarni taqqosladi.

https://giglink.uz/p/8145631

// giglink.uz rasmiy kanali
3.2K views08:53
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:43:32
MacOS vs Windows: qaysi operatsion tizim xavfsizroq va ishonchli?

Shu kungacha Apple operatsion tizimlari eng xavfsiz deb hisoblangan. Chunki bundan bir necha yil oldin Windows operatsion tizimi macOS bilan xavfsizlik borasida maqtana olmasdi, biroq hozir u ham anchayin takomillashgan. Buning isboti oʻlaroq, 2023-yilda Windows 11 ni hech bir tashqi antivirussiz ishlatish mumkin boʻladi.

https://giglink.uz/p/1558638

// giglink.uz rasmiy kanali
5.3K views06:43
Ochish/sharhlash
2023-04-05 08:01:50
AQShda yangi TikTok “vorisi” ommalashmoqda

Lemon8 — bu TikTokni ishlab chiqqan kompaniyaning yangi ilovasi bo‘lib, so‘nggi haftada jami yuklab olishlar soni bo‘yicha AQShda top 10 ta ilova ro‘yxatiga kirgan.

Ehtimol, bu TikTok bloklanib qolganda foydalanish uchun “zaxiradagi o‘yinchi” bo‘lishi mumkin.

// giglink.uz rasmiy kanali
6.7K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-04-05 06:47:52
Bitta Spark qiymatiga teng BYD gibrid elektromobili

BYD kompaniyasi yangi Seagull elektromobilining suratlarini rasman taqdim qildi. Gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga urgʻu beradigan BYDʼning yangi modeli ham xuddi shunday boʻlishi aytilmoqda.

https://giglink.uz/p/2260403

// giglink.uz rasmiy kanali
7.6K views03:47
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:00:06
Amir Temur tavallud topgan kun arafasida 1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi qayta tiklandi.

Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.

// giglink.uz rasmiy kanali
10.9K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 17:11:00
Shunaqasi ham bo‘lib turadi: ChatGPT Mona Liza rasmini ASCII-art uslubida chizib berdi*, biroq…

yaxshisi davomini videoda guvohi bo‘ling. Sun’iy intellekt “shedevri” va asl rasm o‘rtasidagi farqni topish esa unchalik qiyin emas.

*So‘rov ChatGPT-4 pullik obunasida amalga oshirilgan.

// giglink.uz rasmiy kanali
11.0K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:37:51
Appleʼning eng noodatiy rahbari — Tim Kuk iPhone deyarli ishlatmaydi va elektron pochtasini hech kimdan yashirmaydi

Mana 12 yildirki Tim Kuk Apple kompaniyasida. Lekin “tishlangan olma” tashkiloti rahbari boshqa direktorlardan mutlaqo farq qilishi bilan eʼtiborni tortadi: Tim Kuk har kuni ertalab soat beshda uygʻonadi va istalgan kishi yozishi mumkin boʻlgan elektron pochtasini oʻqib chiqadi. Eng qizigʻi, Tim Kuk barchani iPhoneʼdan kamroq foydalanishga chaqiradi.

https://giglink.uz/p/3804177

// giglink.uz rasmiy kanali
10.7K views12:37
Ochish/sharhlash