Get Mystery Box with random crypto!

giglink

Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink G
Telegram kanalining logotibi giglinkuz — giglink
Kanal manzili: @giglinkuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.35K
Kanalning ta’rifi

Eng soʻnggi texnologiyalar haqida
— ishonchli xabarlar
— batafsil tavsiflar
— va narxlar
Sayt: giglink.uz
Murojaat: @giglink_admin

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2023-03-29 13:20:21
Nokia Oyda muz topish uchun 4G internetini ishga tushirmoqda

Nokia 2023-yil oxirigacha Oyda 4G internetni (LTE) ishga tushiradi. SpaceX hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur texnologiyani o‘rnatish NASA homiyligidagi Artemida missiyasining bir bosqichi hisoblanadi.

https://giglink.uz/p/4543235

// giglink.uz rasmiy kanali
7.2K viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:31:56
Tesla Cybertruck nihoyat sinovdan o‘tkazilmoqda

2 yildan beri kutilayotgan koʻpburchakli pikap yoz oylarida sotuvga chiqadi.

AQShda Cybertruck narxi 39 990 dollardan (~455 million so‘m) boshlanadi, top versiyasi esa 69 990 dollar (~798 million so‘m) turadi. 100 km/s tezlikka 2,9 soniyda chiqadigan tankmobil quvvat zaxirasi 800 km ga yetishi mumkin.

https://giglink.uz/p/6216821

// giglink.uz rasmiy kanali
10.5K views07:31
Ochish/sharhlash
2023-03-29 09:16:59
Oʻzbekiston va dunyoda sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan ilk reklamalar paydo boʻldi

Dunyo boʻylab kopiraytingni asta-sekinlik bilan “oʻz qoʻliga olayotgan” sunʼiy idrok tomonidan ishlab chiqilgan reklamalardan endilikda toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvda foydalanilmoqda.

https://giglink.uz/p/4491591

// giglink.uz rasmiy kanali
10.8K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-03-28 18:11:05
#layfhak
iPhone’da qanday qilib professional va chiroyli rasmga olish mumkin?

Buning uchun tasvirni teleobyektivda oling. Uni ishlatish esa juda oson: “Kamera”ga kirasiz va yaqinlashtirishni o‘ng tarafga burasiz, oddiy qilib aytsak, tasvirni 2x yoki 3x ga kattalashtirib oling.

*Layfhak Pro modellar uchun mo‘ljallangan.

// giglink.uz rasmiy kanali
15.3K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-03-28 16:11:07
Dunyodagi eng katta va ajoyib reklama platformalaridan biri: Janubiy Koreyadagi Hyundai parkida kinetik mashina qurilmasi.

Har yili millionlab odamlar brend avtomobillarining turli modellarini tomosha qilish uchun ushbu parkka tashrif buyurishadi.

Xaridorlarni hayron qoldirish qiyinlashgan bir paytda koreyslar buning uddasidan qoyilmaqom chiqishmoqda.

// giglink.uz rasmiy kanali
14.9K views13:11
Ochish/sharhlash
2023-03-28 15:00:32
Oʻtkazib yubormang: bugun oʻzbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatishi mumkin

Sayyoralar paradi, 2023-yil 28-mart, yaʼni bugun tunda osmonning 50 graduslik kichik sektorida beshta sayyora (Yupiter, Merkuriy, Venera, Uran va Mars) saf tortishining guvohi boʻlishingiz mumkin.

Hodisadan yaxshiroq baxramand bo‘lishingiz uchun ilovalar va sayyoralar joylashuvi haqida batafsil:

https://giglink.uz/p/4138660

// giglink.uz rasmiy kanali
15.3K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-03-28 12:25:30
Sunʼiy intellekt ishlab chiqqan uchar mashina reklamasi xaridorlarni osonlikcha “chuv tushirdi”

Aaron Lea umuman mavjud bo‘lmagan “Mohishwa JRR4 (1976)” uchar avtomobilining koʻz ilgʻamas darajada ishonarli reklamasini ishlab chiqdi va yuzlab xaridorlarni ishontirdi.

https://giglink.uz/p/6178959

// giglink.uz rasmiy kanali
14.2K views09:25
Ochish/sharhlash
2023-03-28 10:39:00
Haier obuna asosida ishlaydigan kir yuvish mashinasini sotuvga chiqardi. U yuvish vositalari narxini tejaydi

Mazkur maishiy texnikani suv taʼminoti, kanalizatsiya va Wi-Fi tarmogʻiga ulash kifoya — kir yuvish mashinasi oʻzidagi yuvish uchun maxsus vositalar yordamida avtomatik ishlaydi.

https://giglink.uz/p/3114745

// giglink.uz rasmiy kanali
14.3K views07:39
Ochish/sharhlash
2023-03-28 07:42:41
Yangi chiqqan iOS 16.4 uchta qiziqarli xususiyati:

- qo‘ng‘iroqlar paytida avtomatik fon shovqinini o’chirish;
- rus tilidagi swipe-klaviatura;
- brauzerda push-bildirishnomalarni yoqish — bu sanksiyaga tushib ilovasi o‘chib ketgan banklar uchun maxsus ishlab chiqildi.

Albatta, doimgidek, 21 ta yangi emojilar ham paydo bo‘ldi: 🫨🫸🫷 🩵

Yangilanishni iPhone foydalanuvchilari bugundan yuklab olishlari mumkin.

// giglink.uz rasmiy kanali
16.0K views04:42
Ochish/sharhlash
2023-03-27 18:30:06
Kianu Rivzning o‘q o‘tkazmaydigan kostyumi ishlab chiqildi

Mazkur kostyumni yaratish uchun muhandis Jeyms Xobson 1,5 yil va 96 000 dollar sarfladi. Kostyum 20 qatlamli mustahkam kevlar tolasi, maxsus yupqa plastmassa va jundan tayyorlangan.

Kostyum mashhur “Jon Uik” franshizasidagi qahramon obrazidan ilhomlanib tayyorlangan bo‘lib, filmda uchraydigan 9 mm kalibrli to‘pponcha va .45 ACP o‘qli avtomat zarbasiga muammosiz bardosh beradi.

// giglink.uz rasmiy kanali
9.8K views15:30
Ochish/sharhlash