Get Mystery Box with random crypto!

​​Bugun 30-yanvar 2022-yil. Bu kunda tarixda ham yaqin o'tmish | Geografiya_Zakovat | Uyda qoling!

​​Bugun 30-yanvar 2022-yil. Bu kunda tarixda ham yaqin o'tmishda ham juda ko'plab voqea-hodisalar sodir bo'lgan. Bunga o'tmish guvoh. Bugungi kunning eng muhim voqealaridan biri bu mustaqil vatanimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni. Muhtaram birinchi prezidentimiz 1938-yil huddi shu kunda, 30-yanvar kuni tavallud topgan. O'zining 78-yillik umri davomida juda ko'plab qiyinchiliklarni ko'zdan kechirgan. Juda katta ishlarni amalga oshirgan va eng muhim ishlaridan biri bu davlatimizni mustaqil mamlakatlar ro'yxatiga qo'shgani, mamlakatimizni 26 yil davomida boshqargani. Muhtaram birinchi prezidentimiz haqida ko'plab ijobiy fikrlar aytib o'tsam bo'ladi. Agarda tirik bo'lganlarida 84 yoshni qarshilagan bo'lar edi. Afsus, kim qancha yashashini biz insonlar bilmaymiz. Alloh oxiratlarini obod qilsin!
Yana bir inson, buyuk rejissor Leonid Gaydayning tug'ulgan kuni. Leonid Gayday 1923-yilida Amur bo'ylarida tug'ilgan. Bu insonning rejjisorligida ajoyib kinolar dunyo yuzini ko'rgan, shular qatorida men ham. Barcha kinolari ajoyib mahorat bilan ishlangan. Bu insonning kinolarini ko'rib yoshligimiz o'tgan, ulg'ayganmiz. Ajayib inson bo'lgan. 1993-yil Moskvada vafot etgan.
Yana bir gap, Leonid Gaydayning kinolarini ishlab chiqargan Мосфильм kinostudiyasining ham asos solingan kuni. Мосфильм kinostudiyasidan ajoyib kinolar chiqqan. Kinolari juda ham saviyali! Ko'rsang yana ham ko'rging keladi! Kinostudiyaga 1924-yilda asos solingan!
Bugungi kunning achinarli holati esa o'sha Leonid Gaydayning kinolarida o'zining ajoyib rollari bilan tanilgan, Мосфильм kinostudiyasi ko'p yillar ish olib borgan xatto Islom Karimov bilan ancha tanish bo'lgan inson Leonid Kuravlyov bugun olamdan ko'z yumdi. Kuravlyov o'zining ajoyib rollari bilan xalqimizning qalbidan joy olgan inson. U insonni barcha yoshdagilar juda yaxshi tanishadi, chunki u insonni kinodagi rollarini ko'rishgan, ayniqsa "Ivan Vasilevich o'z kasbini o'zgartiadi" filimini barchamiz ko'rganmiz. Anashunday, eskirmaydigan, o'lmaydigan kinolarda o'ynagan Kuravlyov. Yana bu kinoni ancha yillar ko'rishadi bu avlod. Qalbimizda chuqur iz qoldirgan inson bugun olamdan o'tdi. Oxiratlari obod bo'lsin!
Yana bir alohida voqea, bugun meni uchun qadrli bo'lgan inson, kursdoshim Zarifa Karimovaning ham tug'ulgan kuni bugun. Men Zarifaga uzoq umr, sog'liq, salomatlik tilab qolaman. Kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar, zafarlar tilab qolaman. Nimaniki yaxshi niyat qilgan bo'lsa barchasiga erishishiga tilakdoshman. Bugun Zarifa 29 yoshni qarshilayabdi. Zarifa ham yuqoridagi insonlar kabi o'z ishining ustasi bo'lsin. Uning qilgan ishlaridan xalq olqishlab yurishiga tilakdaoshman! Zarifa tug'ulgan kuningiz bilan!

Egamberdi Iskandarov!

@tabiiygeografiya