Get Mystery Box with random crypto!

Diydor. Nasib etdi nihoyat diydor, Diydoringla koʻzim quvondi | Gʻarib shoir

Diydor.

Nasib etdi nihoyat diydor,
Diydoringla koʻzim quvondi.
Bilaman, hislarin senga nomaʼlum,
Diydoringla yurak uygʻondi.

Senga termilmoqqa bezillar yurak,
Negadir oʻzini ayblaydi tinmay.
Balki, yuragingda ham shundayin holat,
Sen ham indamaysan hislarim bilmay.

Mana, bugun seni intizor kutdim,
Kelishingni oʻylab soatlar oʻtdi.
Koʻzim kitobda-yu xayolim senda,
Axir, seni men emas, yuragim kutdi.

Kitobga termilib oʻtirarman jim.
Balki kelgandirsan, balki koʻrgansan,
Bezovta qilmayin bechorani deb,
Qalblar uchrashuvin ortga surgansan.

Men ham ortga qaytdim, xayollar surib,
Yoʻl boʻyi sheʼr uchun qofiya izlab.
Niyatiga yetmagan yurak bechora,
Indamas alamin armonga soʻzlab.

Gʻarib shoir.