Get Mystery Box with random crypto!

Bahor. Bahor kelayotir qoʻshiqlar aytib, Quyosh uygʻotar dara | Gʻarib shoir

Bahor.

Bahor kelayotir qoʻshiqlar aytib,
Quyosh uygʻotar daraxt kurtaklarini.
Endi qaldirgʻochlar keladi qaytib,
Ona zamin taqar chechaklarini.

Kurtak - daraxtning erka farzandi.
Avaylab-asradi qish ayozidan.
Yana bahor keldi, gulga aylandi.
Yaproq ham xijolat uning nozidan.

Yerdan bosh koʻtarar lola-yu chechak.
Butun qishni oʻtkazdi zamin bagʻrida.
Sabo birla qoʻshilib xirom etajak,
Shukrona keltirib tole togʻida.

Quyosh ham mahliyo yerning yuziga.
Koʻproq termilmoqni istab qoladi.
Shaydo aylamoqchi uni oʻziga.
Tonggi shuʼla ila koʻnglin oladi.

Qushlar ham boshlashar "Bahor" kuyini.
Joʻr boʻlar bir-birin munojotiga.
Qaytib kelgan qushlar qurar uyini,
Qishlaganlari yetdi mukofotiga.

Xalqimiz boshlaydi toʻyu-bazmni.
Sumalak qilinar takror va takror.
Muborakbod etayin bugun oʻzimni,
Axir bu kunlarga yetmaganlar bor.

Gʻarib shoir.