Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.11K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2024-03-08 16:13:07
Hakamlarimiz bizdan ko‘ra, aqlli bo‘lishini bilmadim-ku, lekin, albatta, kuchli bo‘lishlari shart

@futgol_uz
15.3K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-03-07 11:35:53 O‘zbek futboli haqida biror qiziq xabar chiqmagan kun yo‘q-da. Masalan, “Qo‘qon-1912” futbol klubi o‘zining matbuot kotibiga boshdan oyoq sarpo (to‘liq ekipirovka) beribdi. Qizig‘i, Superliganing (nomi rostanam super) juda ko‘p klublaridagi matbuot kotiblarida ekipirovka degan narsaning o‘zi yo‘q. Narzulla to‘liq ekipirovkali bo‘lish matbuot kotiblarining orzusi deb yozyapti. Zo‘r xabar to‘g‘rimi? O‘zbekning futboli qiziq, undanam futbolining ichidagi narsalar qiziq deb bejiz aytilmagan axir.

Aytgancha, 350 ming dollar va buxgalter ishi, Rivaldo, Denilson va bo‘yniga millionlab dollar ilingan “Bunyodkor”da hammasi tinchmi? Gap yo‘g‘ida so‘rab qo‘ydik-da

@futgol_uz
18.7K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-03-07 09:40:24
Rasm tanlay olish ham aslida farosatdan darak bersa kerak. Sarlavhada Superliga haqida yozib, asosiy suratga YCHL suratini qo‘yish uchun juda katta aql shart emas. Ha, xabar ichida YCHLning kechagi (bugungi) natijalari haqida ham yozilgan. Lekin nega? Miyamda jang boshlangan. Qayerdanam O‘zbekistonning rasmiy agentligi xabarlar lentasini ochdim-a? O‘zim aybdorman!

To‘g‘ri, O‘zAga yarashaveradi, qolganlarga sholpillab qoladi.

@futgol_uz
18.0K views06:40
Ochish/sharhlash
2024-03-07 01:06:09 “Real” real o‘ynamay ham YCHL 1/4 finaliga chiqishning uddasidan chiqdi. Anchelotti mehmondagi ustunlikdan unumli foydalanib, “Leypsig”ning yaqinlashishini kutdi. Kroos—Bellinghem—Vinisius qarshi hujumni ekib qo‘yishdi. Gap bo‘lishi mumkin emas: “Leypsig”…
13.4K views22:06
Ochish/sharhlash
2024-03-07 01:02:53 “Real” real o‘ynamay ham YCHL 1/4 finaliga chiqishning uddasidan chiqdi. Anchelotti mehmondagi ustunlikdan unumli foydalanib, “Leypsig”ning yaqinlashishini kutdi. Kroos—Bellinghem—Vinisius qarshi hujumni ekib qo‘yishdi.

Gap bo‘lishi mumkin emas: “Leypsig” zo‘r o‘ynadi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda. Gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng temp qo‘shdi. Gol ham urdi, biroq uyog‘iga kuchi ham, vaqti ham yetmadi.

@futgol_uz
13.2K views22:02
Ochish/sharhlash
2024-03-06 12:56:57
Ingliz futbolida bir vaqtning o‘zida bir emas, naq “uch oltin chap oyoq” gullayapti. Saka “Arsenal”da asosiy liderlardan biri, Foden esa “Man.Siti”da va “Chelsi”ni tortishga harakat qilayotgan Palmer. Ularning statistikalari ham ancha tosh bosadigan ko‘rinishda.

Bular bilan bir qatorda bir o‘ng oyoq ham avjiga chiqyapti. Siz uni yaxshi taniysiz. Jud ismli raqqos. U bu avlodning haqiqiy olmosi. O‘ziga allaqachon ishlov berishni qoyillatib yotibdi.

Ingliz futbolining yangi oltin avlodi desak bo‘lsa kerak. Shu avlod nimadir yuta olarmikan degan savol qiziqtiradi? Masalan, ispanlarning oltin avlodi hammasini yutdi, Belgiyaniki esa yo‘q. O‘zi umuman bunday misollar ko‘p. Xususan, Angliya tarixida ham.

Biroq bunisini ham kuzatish shaxsan men uchun qiziq…

@futgol_uz
13.3K views09:56
Ochish/sharhlash
2024-03-05 12:35:37
Bu surat APLda hammasi endi boshlanganini bildiradi, avj palla yaqinlashayotganini bildiradi

APL nega eng zo‘r liga ekanligini bilish uchun ba’zan shunchaki turnir jadvaliga qarash ham yetarli.

@futgol_uz
14.8K views09:35
Ochish/sharhlash
2024-03-05 08:04:19

12.8K views05:04
Ochish/sharhlash
2024-03-05 08:02:55

12.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-03-03 01:15:58
“Estadio Mestalla”dagi qirpichoq

“Valensiya”—“Real M” o‘rtasida o‘yin emas, jang bo‘ldi. Rostakamiga. Birinchi bo‘limda Madridning o‘yini umuman chiqmadi, hatto Bellinghem tarkibga qaytgan bo‘lsa ham. Qandaydir 3 daqiqa ichida 2 ta xato va “Valensiya” 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim so‘ngida “Valensiya”ning “yoqimtoyi” Vinisius hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda Vinisius yana gol urdi va hisob tenglashdi. Hammasi shundan keyin boshlandi. “Valensiya” chinakamiga uyg‘ondi, hujumlarni yog‘dirdi. Ammo gol yo‘q, orada hakam Madrid darvozasiga penalti belgiladi. VAR bilan bekor qildi. Undan ham dahshati so‘nggi soniyalarda Bellinghem Brahim Diasning pasidan gol urdi. Biroq bu orada hakam Mansano hushtagini chaldi. Janjal va yana janjal. O‘yin tugagach Jud Bellinghem hakamga bir nimalar deb qo‘ygani ortidan qizil kartochka ko‘rsatildi. Xullas, jonli ko‘rganlar, baxtli insonlar qatoridasiz!

Jose Jordan/Getty

@futgol_uz
15.9K views22:15
Ochish/sharhlash