Get Mystery Box with random crypto!

46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri Yuridik sh | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri

Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko‘rsatishi kerak.

Yuridik shaxsning nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Yuridik shaxsning joylashgan eri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi.

Yuridik shaxs o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart.

Yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri (pochta manzili) uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim.

Yuridik shaxs o‘z firmasining nomidan foydalanish mutlaq huquqiga egadir.

O‘zga firma nomidan g‘ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish huquqi bo‘lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to‘xtatishi hamda yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.

@fuqarolik_kodeksi