Get Mystery Box with random crypto!

45-modda. Yuridik shaxsning organlari Yuridik shaxs qonunchil | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

45-modda. Yuridik shaxsning organlari

Yuridik shaxs qonunchilikka va ta’sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o‘z organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladi va o‘z zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs o‘z ishtirokchilari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va fuqarolik burchlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin.

Qonunga yoki yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs o‘zi vakili bo‘lgan yuridik shaxs manfaatlari yo‘lida halol va oqilona ish olib borishi kerak. U yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) talabi bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini to‘lashi shart.

@fuqarolik_kodeksi