Get Mystery Box with random crypto!

47-modda. Vakolatxonalar va filiallar Vakolatxona yuridik sha | Fuqarolik kodeksi |🇺🇿 | Фуқаролик кодекси

47-modda. Vakolatxonalar va filiallar

Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir.

Filial yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.

Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.

@fuqarolik_kodeksi