Get Mystery Box with random crypto!

Freyd bilan gurunglar

Telegram kanalining logotibi freyd_bilan_gurunglar — Freyd bilan gurunglar F
Telegram kanalining logotibi freyd_bilan_gurunglar — Freyd bilan gurunglar
Kanal manzili: @freyd_bilan_gurunglar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 934
Kanalning ta’rifi

Intellektuallar uchun mazali saqich
Freydning chevarasi: @sarvinoz_omonova

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-05 13:43:33
"Soyam bilan tanishuv" kursining oxirgi haftasidamiz. Kechagi treningda Soyalarimizga ruxsat berdik.

Kimdir so'kinishga, nimadir yoqmayotganini ochiq aytishga o'ziga ruxsat berdi.

Kimdir g'amxo'rlik olishga, ojizligiga o'ziga ruxsat berdi.

Men qaysi Soyamga ruxsat berdim deymi?
Psixologik bilimlarini o'z hayotiga qo'llay olmaydigan, munosabatlarda o'zini ojiz his qiladigan qismimga ruxsat berdim.

Qabul qilinishga, sevilishga, davolanishga muhtoj bo'lgan qismlarimiz shunchalar ko'pki. Kurs davomida hatto o'zim men payqamagan Soyalarimni kashf qilyapman.

Bu kursni yana-da rivojlantirish, yangi potoklarini o'tish niyatim bor
1.5K views10:43
Ochish/sharhlash
2022-05-17 15:31:08 Hayotni tóqilgan mato parchasiga qiyoslash mymkin: hayotingning birinchi qismida yuza tarafini kórasan, ikkinchi qismida — orqa tarafini. Oxirgisi kózni uncha quvontirmaydi, lekin kóp narsaga órgatishi mumkin, chunki unda iplar qanday ózaro bog'langanini kórsa bóladi.

Artur Shopengauer

@Freyd_bilan_gurunglar
1.4K views12:31
Ochish/sharhlash
2022-05-15 21:15:18 Men ugandalik holsiz bolakayman,
Oyoqlarim bambuk tayoqchalariday.
Men — qurol sotuvchisiman,
Ugandaga oʻlim yoʻllovchi.
Men — oʻn ikki yoshli qizchaman,
qaroqchi zoʻrlaganidan keyin
okeanga sakragan,
mitti qayiqdagi qochoq.
Va men — yuragi hali eshitish hamda sevishga qodir boʻlmagan
oʻsha qaroqchi.
Men — qoʻlida ulkan hokimiyat yigʻilgan siyosiy arbobman.
Va men — mehnat lagerida sekin oʻlayotgan siyosiy mahbus.
Quvonchim bahor singari shunchalar iliq —
butun Yerda gullar ochguvchi.
Qaygʻum koʻzyosh daryosiday shunchalar ulkan,
toʻrttala okeanni ham toʻldirguvchi.
Iltimos, meni haqiqiy ismlarim bilan chaqiring.

Tit Nat Han

(Sarvinoz Omonova tarjimasi)

@Freyd_bilan_gurunglar
1.4K views18:15
Ochish/sharhlash
2022-05-09 17:23:00 “Soyam bilan tanishuv” kursi haqida «Oʻzing bilan tanishuv — Soyang bilan uchrashishni taqozo qiladi” degan edi Karl Yung. U yaratgan psixologik yoʻnalish — yungian analitikada soya mavzusi muhim rol oʻynaydi. Unga koʻra, Soya — biz oʻzimizda qabul qilolmaydigan…
1.4K views14:23
Ochish/sharhlash
2022-05-09 16:37:05 Har bir odamning individual soyasi bo'lgani singari jamiyatlarning ham Soyasi bo'ladi. Bu Soya — ko'pchilik o'zida qabul qilolmaydigan xususiyatlarni ifodalaydi. Nimadir ommalashishni boshlasa, uning ortida boshqa bir holat bostirilayotgan va bir kuni vulqon bo'lib otilishni kutayotgan bo'ladi.

Bugun ko'payib borayotgan "pozitiv" psixologlarning domiy tabassumi va mamnuniyati, shukronaligi ortida nimani kóraman?
Bostirilayotgan qayg'u, norozilik, jahl hislarini. Bu hislar Soyaga aylangan.
Ózbek jamiyatida nega "pozitiv" psixolog va ezoteriklar, shuningdek ularga ergashuvchilar buncha ko'p? Ular ota-onasiga nozoriligini, qayg'usini, g'azabini kórsatolmagan bolakaylarning kattargan ko'rinishi.
Avval ota-onasining mehridan umidvor bo'lib, "yomon" hislarini yashirgan bolakaylar — endi olamdan cheksiz sovg'alar kutadigan iste'molchilarga aylanishgan. Faqat yaxshi narsalar haqida óylash, ijobiy energiya taratish orqali — koinotning saxiyligiga erishish mumkinligiga ishonishadi.

Soya esa hech qayerga yóqolmaydi, u tashqi dushmanlar, Gitlerlar, kasalliklar ko'rinishida Jamiyatning etagiga yopishishda davom etadi.
1.2K views13:37
Ochish/sharhlash
2022-05-07 21:04:57 “Soyam bilan tanishuv” kursi haqida «Oʻzing bilan tanishuv — Soyang bilan uchrashishni taqozo qiladi” degan edi Karl Yung. U yaratgan psixologik yoʻnalish — yungian analitikada soya mavzusi muhim rol oʻynaydi. Unga koʻra, Soya — biz oʻzimizda qabul qilolmaydigan…
1.0K views18:04
Ochish/sharhlash
2022-05-06 21:42:05 Bugun — Freyd buvaning tugʻilgan kuni

Uni anglovchilar koʻpaysin!

Sizga uning qaysi fikri yoqadi?
989 views18:42
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:01:30 “Soyam bilan tanishuv” kursi haqida

«Oʻzing bilan tanishuv — Soyang bilan uchrashishni taqozo qiladi” degan edi Karl Yung. U yaratgan psixologik yoʻnalish — yungian analitikada soya mavzusi muhim rol oʻynaydi. Unga koʻra, Soya — biz oʻzimizda qabul qilolmaydigan, uyaladigan, qoʻrqadigan xususiyatlardir. Ba’zilarini ongimiz bilan anglashimiz mumkin, ba’zilarini esa anglashimiz qiyin — chunki ongsizlikdan joy olgan.

Inson oʻz soyasini anglamas ekan, xavotir, qoʻrquv, uyat, hasad, aybdorlik hislarining quliga aylanishi oson boʻladi.
Soya bilan tanishuv, uni qabul qilish, tan olish, yuzaga chiqarish — ruhan butunlashishga, shaxsiy realizatsiyaga, qobilyatlaringizni ochishga yordam beradi.


Kanalni anchadan beri diqqat bilan kuzatib boradiganlar Soya haqida kengroq tasavvurga ega deb oʻylayman. Kursda bu mavzuga yanayam chuqurlashishni istagan, noodatiy ishlarni qilish va oʻzini namoyon qilishga tayyor insonlarni kutib qolaman. Sizni esa kulgili, samimiy, sermazmun, ijodiy mashg’ulotlar kutib turibdi.

Kurs 8 ta mashgʻulotdan iborat boʻladi: 4 tasi nazariy dars, 4 tasi trening koʻrinishida.

Nazariy darslar haftaning har dushanba kunlari boʻladi. Bunda yopiq maxsus telegram kanalda Soya mavzusiga oid ilmiy va qiziqarli bilimlar beriladi. Ma’lumotlar berilayotgn paytda onlayn boʻlishingiz shart emas. Dars materiallarini hafta soʻngigacha koʻrib chiqishingiz mumkin.

Treninglar esa hafta oxirida (ishtirokchilar bilan kelishgan holda yo shanba, yo yakshanba kuni) boʻladi. Bunda nazariy darsning mazmunidan kelib chiqqan holda Soyamizni namoyon qilishga yordam beruvchi niqob yasaymiz. U orqali istagan xususiyatlarimizni namoyon qilamiz, rol oʻynaymiz.
Treninglar Zoom’da boʻladi va har biri 2 soat davom etadi. Bu mashg’ulotlarda iloji boricha onlayn boʻlishingiz kerak.

Kursning oʻtilish tartibi shunday: bir haftada 2ta mashg’ulot boʻladi. Bittasi nazariy, ikkinchisi amaliy. Umumiy hisobda 4 haftada 8 ta mashg’ulot oʻtamiz.

Kurs narxi: 300 ming soʻm. Birinchilardan boʻlib murojaat qilgan va toʻlovni amalga oshirgan 7 kishi kursga qabul qilinadi. Toʻlov Click yoki PayMe orqali.

Birinchi dars 9-may kuni boʻladi.

Murojaat uchun: @ps_sarvinoz_omonova
1.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-04-26 10:00:58 Bugun 18.00 da Yungianlikdagi Soya mavzusiga oid onlayn kurs e'lonini bermoqchiman. Kurs pullik, 4 hafta davom etadi.

Uni boshqa kurslarimdan farqi — maska-terapiya (niqob yasash, uni bóyash va rol bajarish) metodidan foydalanamiz.

Joylar soni 7 ta bóladi. Ichidagi tentaklik, erkinlik, jasurlikni uyg'otmoqchilar uchun Birinchilardan murojaat qilganlar qabul qilinadi.
1.2K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash