Get Mystery Box with random crypto!

Har bir odamning individual soyasi bo'lgani singari jamiyatlar | Freyd bilan gurunglar

Har bir odamning individual soyasi bo'lgani singari jamiyatlarning ham Soyasi bo'ladi. Bu Soya — ko'pchilik o'zida qabul qilolmaydigan xususiyatlarni ifodalaydi. Nimadir ommalashishni boshlasa, uning ortida boshqa bir holat bostirilayotgan va bir kuni vulqon bo'lib otilishni kutayotgan bo'ladi.

Bugun ko'payib borayotgan "pozitiv" psixologlarning domiy tabassumi va mamnuniyati, shukronaligi ortida nimani kóraman?
Bostirilayotgan qayg'u, norozilik, jahl hislarini. Bu hislar Soyaga aylangan.
Ózbek jamiyatida nega "pozitiv" psixolog va ezoteriklar, shuningdek ularga ergashuvchilar buncha ko'p? Ular ota-onasiga nozoriligini, qayg'usini, g'azabini kórsatolmagan bolakaylarning kattargan ko'rinishi.
Avval ota-onasining mehridan umidvor bo'lib, "yomon" hislarini yashirgan bolakaylar — endi olamdan cheksiz sovg'alar kutadigan iste'molchilarga aylanishgan. Faqat yaxshi narsalar haqida óylash, ijobiy energiya taratish orqali — koinotning saxiyligiga erishish mumkinligiga ishonishadi.

Soya esa hech qayerga yóqolmaydi, u tashqi dushmanlar, Gitlerlar, kasalliklar ko'rinishida Jamiyatning etagiga yopishishda davom etadi.