Get Mystery Box with random crypto!

Foydali Moliya

Telegram kanalining logotibi foydali_moliya — Foydali Moliya F
Telegram kanalining logotibi foydali_moliya — Foydali Moliya
Kanal manzili: @foydali_moliya
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.05K
Kanalning ta’rifi

Kanal maqsadi:
Halol yo'l bilan topgan daromadingizni ko'proq qismini saqlab qolishga, jamg'arishga, so'ng jamg'armangizni xayrli loyihalarga tikish orqali o'zingiz va boshqalar hayoti yaxshilanishiga hissa qo'shish.
Admin: @e_ergashev

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-15 12:02:31 Rivoyatlarga ko'ra, Amir Temur lashkari har bir jangga kirishdan oldin katta idishga bir donadan tosh tashlagan va jangdan eson-omon chiqqan jangchi bir donadan toshni idishdan qaytarib olgan.

Idishda qolgan toshlar jangda halok bo'lgan jangchilar sonini bildirgan. Bu usul hozirda ham hisobchilar uchun muhimligini yo'qotmagan...
"Kirim - Chiqim = Qoldiq"

@foydali_moliya
86 viewsElbek Olimjon O'g'li, 09:02
Ochish/sharhlash
2023-03-13 07:58:01
Biznes halol bo'lishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

1. Shariat qoidalariga mos bo'lishi;
2. Davlat qonunlariga bo'ysunish;*

* Qonunlarga faqat shariat qoidalariga mos bo'lsagina bo'ysuniladi.

@foydali_moliya
58 viewsElbek Olimjon O'g'li, 04:58
Ochish/sharhlash
2023-03-11 11:46:52 Tanlov...

Daromadingizdan bir pog'ona pastroq darajada yashang. Bu orqali siz agar boy bo'lsangiz, isrofdan saqlanasiz. Agar kambag'al bo'lsangiz, boylik tomon yaqinlashasiz.

Daromadingizdan bir pog'ona yuqoriroq darajada yashang. Bu orqali siz agar boy bo'lsangiz, kambag'allik tomon yaqinlashasiz. Agar kambag'al bo'lsangiz, qashshoqlik tomon yaqinlashasiz.

@foydali_moliya
50 viewsElbek Olimjon O'g'li, 08:46
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:31:16 Bugungi kunda xatto fil darajasidagi biznes ham agar ustiga qo'ngan pashshaga bee'tibor bo'lsa, kun kelib, o'sha pashsha uni yiqitishi mumkin. Masalan:

Nokia & Aplle;
Tv & Internet;
"Metan" car & Electro car :)
Google & ChatGPT;*

* ChatGPT qachonlardir Google ning "qotili" bo'lishi kutilmoqda...

@foydali_moliya
49 viewsElbek Olimjon O'g'li, 04:31
Ochish/sharhlash
2023-03-08 15:37:55 Ko'pchilik tadbirkorlar yangi o'sish rejasi tuzayotganda bir xatoga yo'l qo'yishadi. Bu xato ayniqsa so'mda biznes qiladiganlarda uchraydi.

Aytaylik, bir korxonaning daromadi 100 so'm edi va bu korxona daromadini 20 foizga oshirishni reja qildi. Ko'p korxonalar 20 foizlik o'sish rejasi bo'yicha 120 so'm daromad olsa, reja bajarildi deb hisoblaydi. Bu xato!

Sababi, O'zbekistonda qayta moliyalash stavkasi o'rtacha 15 foizni tashkil qiladi. Bu degani, bizning pullarimiz va daromadlarimiz inflyatsiya ta'sirida yiliga 15 foizgacha qadrsizlanadi.

Endi yuqoridagi misolda keltirilgan korxonaga qaytsak. Bir qaraganda 20 foizga o'sgandek ko'ringan korxona aslida 5 foizga o'sdi xolos. Qolgan 15 foiz daromad shunchaki, inflyatsiyani to'ldirishga ketdi...

@foydali_moliya
563 viewsElbek Olimjon O'g'li, edited  12:37
Ochish/sharhlash
2023-03-08 07:34:01 Ayollar oʻzlarini erkakka tenglashtirishlari - ahmoqlik. Ular erkakdan ancha ustundirlar.

Chunki ayolga nima bersangiz, ular uni ortigʻi bilan sizga qaytaradi. Agar uning tanasiga urugʻ bersangiz, sizga uni farzand qilib qaytaradi. Agar ayolga uy qurib bersangiz, sizga uni shinam maskan qilib qaytaradi. Agar unga masalliqlar bersangiz, u sizga shirin taom beradi. Agar unga birgina tabassum hadya qilsangiz, u sizga butun yuragini tortiq qiladi.

Ayol zoti oʻziga berilgan xar qanday narsani koʻpaytiradi va moʻl-koʻl qiladi. Shu sababli agar unga birorta ifloslik qilsangiz, bir dunyo axlatni qabul qilib olishga tayyor turing.

@foydali_moliya
40 viewsElbek Olimjon O'g'li, edited  04:34
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:05:20
3F (FFF) haqida eshitganmisiz?..

Ba'zan miyangizga olamshumul g'oya kelib qoladi va darhol biznes boshlash haqida o'ylaysiz. Lekin cho'ntagingiz bo'shligi yotgan joyingizdan turishingizga to'sqinlik qiladi. To'g'rimi?!

Tajribali investorlar shunday holatda pulni qayerdan olish kerakligi haqida nima maslahat beradi, aytaymi?!

Family - oila a'zolaringizdan;
Friends - do'stlaringizdan;
Va...
Fools - axmoqlardan :)

@foydali_moliya
133 viewsElbek Olimjon O'g'li, edited  05:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 15:02:17 O'zbekistonda dollar kursi yiliga 3-4% ya'ni, o'rtacha 500 so'mga oshadi.

O'zbekistonda aksariyat bizneslar qarz botqog'iga botib ishlashadi. Masalan, qaysidir tadbirkorning "ko'chadagi" puli 550 mln deb olsak (taxminan 50 000$), u yiliga kurs hisobiga 25 mln so'm zarar ko'radi.

Kurs oshishini o'z foydangizga ishlatmoqchi bo'lsangiz, so'mda uzoq muddatga qarz oling va qisqa muddatga qarz bering...

@foydali_moliya
57 viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-05 14:35:26 Bilasizmi, dinozavrlar nega qirilib ketgan?!

Dinozavrlarning davrga, vaziyatga moslasha olmaganligi yo'qolib ketishining asosiy sabablaridan biridir.

Agar sizning biznesingiz dinozavrlarning holiga tushishini istamasangiz, moslashuvchan bo'ling. Zamon bilan hamqadam bo'lish barobarida kelajakni oldindan ko'rishga intiling.

@foydali_moliya
37 viewsedited  11:35
Ochish/sharhlash
2023-03-04 21:15:22 Moliyaviy himoya yostig'i - olti oylik (kimdadir bu muddat ko'p yo kam bo'lishi mumkin) birlamchi xarajatlarni qoplashga yetadigan jamg'armaning shakllanganligi.

@foydali_moliya
34 viewsedited  18:15
Ochish/sharhlash