Get Mystery Box with random crypto!

Ko'pchilik tadbirkorlar yangi o'sish rejasi tuzayotganda bir x | Foydali Moliya

Ko'pchilik tadbirkorlar yangi o'sish rejasi tuzayotganda bir xatoga yo'l qo'yishadi. Bu xato ayniqsa so'mda biznes qiladiganlarda uchraydi.

Aytaylik, bir korxonaning daromadi 100 so'm edi va bu korxona daromadini 20 foizga oshirishni reja qildi. Ko'p korxonalar 20 foizlik o'sish rejasi bo'yicha 120 so'm daromad olsa, reja bajarildi deb hisoblaydi. Bu xato!

Sababi, O'zbekistonda qayta moliyalash stavkasi o'rtacha 15 foizni tashkil qiladi. Bu degani, bizning pullarimiz va daromadlarimiz inflyatsiya ta'sirida yiliga 15 foizgacha qadrsizlanadi.

Endi yuqoridagi misolda keltirilgan korxonaga qaytsak. Bir qaraganda 20 foizga o'sgandek ko'ringan korxona aslida 5 foizga o'sdi xolos. Qolgan 15 foiz daromad shunchaki, inflyatsiyani to'ldirishga ketdi...

@foydali_moliya