Get Mystery Box with random crypto!

Pul ko'pligi bankrotlikka olib keladi(mi)? Oylik oldingiz, y | Foydali Moliya

Pul ko'pligi bankrotlikka olib keladi(mi)?

Oylik oldingiz, yarmi necha kunga va qolgan yarmi necha haftaga yetadi?
Mashinangizdagi yoqilg'i nega sariq chiziqqa tez yetib keladi, qizil chiziqqa sekinroq?
Nega yeb turgan taomingizni yarimlashi oson, lekin tugashi qiyin?

Bu savollarning javobi bizning nafsimiz va aqlimizga borib taqaladi. Qo'limizga pul yoki biror resurs tushgani hamon nafsimiz bizni boshqaradi. Buning natijasida oylikni katta qismini keraksiz narsalarga xarj qilamiz, yoqilg'ini ayamay sarflaymiz, taomni paqqos tushira boshlaymiz. Keyin esa aqlimiz bizga agar to'xtamasak, keyinchalik qiynalib qolishimiz haqida signal yuboradi.

Biznesda ham pulning ko'payishi bizni nozarur xarajatlarga undaydi. Minib turgan mashinamiz eskidek tuyulib, yangisini xohlab qolamiz. Mayda-chuyda xarajatlarni ko'rmaymiz va eng yomoni xotirjamlikka berilamiz. Natijada astalik bilan jarlik tomon yaqinlashamiz.

Nima qilsak, shaxsiy hayotda va biznesda pul yetishmovchiligini oldini olish mumkin?! Javobi oddiy:
Tejamkorlikni avval boshidan yo'lga qo'yish;
Pul yoki resurs ko'paygan damlarda ham xuddi oxirgi sarmoyamizni ishlatib turgandek ish tutish;

@foydali_moliya