Get Mystery Box with random crypto!

Hozir muddatli to'lovga mahsulot sotish yoki sotib olish urfga | Foydali Moliya

Hozir muddatli to'lovga mahsulot sotish yoki sotib olish urfga aylangan. Aksariyat insonlar penya ya'ni o'z vaqtida to'lanmagan to'lov summasi uchun pul qo'shilmasa bo'ldi - bu halol savdo deb hisoblashadi. Aslida ham shundaymi?!

Islom moliyasi mutahassisi Hondamir Nusratxo'jayevning aytishicha, muddatli to'lov asosida oldi-sotdining halol bo'lishi uchun bir nechta shartlar bajarilishi zarur:
Mahsulot halol bo'lishi;
Mahsulot sotuvchining mulki hisoblanishi;
Shartnomada penya bo'lmasligi kerak.*

* Ulamolar inson harakterini hisobga olib, penya summasi to'liq, savob umidisiz xayriyaga yo'naltirilsa, penya joiz deganlar.

@foydali_moliya