Get Mystery Box with random crypto!

Foydali Izoh

Telegram kanalining logotibi foydali_izoh — Foydali Izoh F
Telegram kanalining logotibi foydali_izoh — Foydali Izoh
Kanal manzili: @foydali_izoh
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-21 20:41:12 Hirsning da'vosi

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:

Uch narsa orqali odam najot topadi:

1. Yashirin va oshkora Allohdan qo'rqish.

2. Tadbir bilan xarajat qilish. Boy bo'lganda ham, kambag'al bo'lganda ham o'rta hol yashash.

3. Jahli chiqqanda va xursand bo'lganda ham haddan oshmaslik."


Yashirin qo'rqish oshkora qo'rqishdan ustunroq.

Rizq berilgach, uni kerakli narsaga sarflash tadbirli bo'lish bilan barobar.

Haddan oshish o'zingizni yo'qotib qo'yishingizdir.

Qalbning da'vosi - Abu Homid G'azzoliy

https://t.me/foydali_izoh
17 viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-12-21 20:27:39
#boshlandi
#yangi_kitob
15 views17:27
Ochish/sharhlash
2022-11-14 10:37:42 Abu Said Xudriydan rivoyat qilindi. U kishi aytdi:
"Tong otsa, odamning hamma a'zolari tilga aytishar ekan:
Ey til, Allohga qasam ichib sending yolvorib so'raymiz, to'g'ri bo'l. Chunki sen to'g'ri bo'lsang, biz to'g'ri bo'lamiz, Agar qiyshaysang, biz ham qiyshayamiz"*
___

Hozirgi zamon odamlar eshitishni emas, ko'p gapirishni bilishadi.
Sukut saqlash uyoqda tursin, til gapirmasdan tura olmaydi.

Odamlar orasida hurmat qozonishni istasangiz, ularni eshitishga odatlaning.
Og'zimizdan chiqqan har bir jumlani savol- javobi borligi esimizdan chiqmasin!

* - "Tanbehul g'ofilin "
Al- Faqih Abu - Lays as- Samarqandiy

https://t.me/foydali_izoh
28 views07:37
Ochish/sharhlash
2022-11-07 07:38:29 Vaqt bizga nimani o'rgatadi?

Tasavvur qiling, 1 yil oldin noyabr oyida siz nima bilan mashg'ul edingiz-u , nimaga erishdingiz?

Hayotingizda 1 yil muddat ichida nimalar o'zgardi?

Nimalarga ega bo'ldingiz?
Kimlarni yo'qotdingiz?


Bu savollarni o'ylab ko'rganimda, ichimdan suv toshqini o'tib ketgandek bo'ldi.

O'tgan yili shu paytlarda men yangi innovatsion loyihani o'ylab yurgan edim. Bu bo'yicha bir necha davlat tashkilotlari hamda katta mansab egalariga murojaat qilishga ham tayyor edim. Dunyoni qutqaradigan "geroy" edim o'zimcha.!

1 yil mobaynida men bir necha haqiqatni anglab, o'zim uchun O'zbekistonni hamda xalqimizni kashf qildim.

Hozirgi natija esa quyidagicha:

- yangi loyihani ishga tushirish uchun baquvvat "orqa" bo'ladigan tanish bilish bo'lishi;
- kamida 13 mln lik smartfoningiz va qimmatbaho tashqi ko'rinish;
- odamlarning miyasida "boyvachcha", "katta odamni farzandi" degan qo'shimcha nomli tasavvur bo'lishi kerak ekan.

Qani endi, o'tgan yilgi o'zimga bo'lgan ishonchni topa olsam.
Qani endi, birinchi muhabbatimni topa olsam...

Ular meni ketma-ket tark etishdi. Nihoyat menda boshqa maqsad paydo bo'ldi. Menimcha, vaqt menga 1 yil mobaynida keraklicha dars berdi.

Sizchi? Siz o'zingizga qanday baho berasiz?

https://t.me/foydali_izoh
32 viewsedited  04:38
Ochish/sharhlash
2022-10-08 12:42:59 #Diqqat

So'rovnoma bugun 22:00 gacha davom etadi.
50 views09:42
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:45:41
Куз фаслида тўкилмаган барг бошқа барглар кўзига хиёнаткор, дарахт кўзига вафодор ва фасллар кўзига эса исёнкор бўлиб кўринади.
Ҳолатга ҳамма ўз томонидан боқади.


Максим Горький

@Mubashshirahmad
45 views12:45
Ochish/sharhlash
2022-10-03 23:00:17
O'ylanib qoldim...

Biz insonmiz, hamma ham odam deymiz, lekin hamma bir xil deb ko'ra olmaymiz!

2 tanga pul topib, dunyoni egallagandek boshimizni g'oz qilib yuramiz.

Qo'limizdan ish kelarkan deb o'zimizni osmonlarda his qilamiz.

Va oxiri boshqa insonlarni mensimasdan, past nazarimiz bilan qaraymiz.

Alloh Taolo bandalariga qarata aytgan ekan: "Kibr qilma odam bolasi, oyoqlaring ostida tuproq. Tuproqni oyoqlaring bilan kovlay olmaysan"


Oddiy aytadigan bo'lsak, ishi tushganlar uchun vaqt topa olmaymiz, maslahatimizni qizg'onamiz va nihoyat boshqalarni nazarga ilmaymiz.

Va kibrga xush kelibsiz! O'zingizni isloh qilmasangiz, kibr ziyoda bo'lib boraveradi.

Unutmang, siz mensimasangiz boshqalar ham bu ishni qila oladi. Qaytar dunyo qaytaveradi, hayot teskarisiga aylanishi mumkin.

https://t.me/foydali_izoh
52 views20:00
Ochish/sharhlash
2022-10-01 20:18:57 #iymon

1-bob

Ilm iymonga da'vat etadi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Kim ilm talab qilish yo'lini tutsa, Alloh unga jannatning yo'lini yengillashtiradi - dedilar. (Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi)*

Har bir insonning bu dunyodagi yagona oliy maqsadi bu - jannat. Ilm talab qilish esa jannatning yo'liga tushishdir.

Ilm olayotgan inson haqqiga hatto suvdagi baliqlar ham istig'for aytadi.
Ilm yo'lidan borgan odam oxiri jannatning eshigi oldidan chiqadi.

Ilm olishga sarflangan vaqt esa ibodatga tengdir.

Ilm faqat diniy emas balki foydali ilmlarni ham o'z ichiga oladi.

* Iymon - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

https://t.me/foydali_izoh
51 views17:18
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:38:27 #foyda

Tomoq og'rig'i tutib qolsa, jahlim chiqardi. Gapirish qiyin , tomoq og'riydi.

Lekin bir foydasini tushundim. Tomoq og'risa, inson gapirishga erinadi. Zarur holatda gapirishga majbur bo'ladi. Bekorchi gaplar bilan vaqtini ham, amalini ham sarflamaydi.

Buyuk ulamolardan biri ikki juma kuni davomida(1 hafta) qancha so'zlarni aytgan bo'lsa, shuncha so'z sanog'ini bilarkan.

Tomog'ingiz og'risa, xafa bo'lmang. Men kabi kam gapirishni o'rganasiz!


* - muallifdan

https://t.me/foydali_izoh
47 views03:38
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:18:25 #iymon

1-bob Islom

"O'tgan asrning mashhur olimlaridan biri Pastor shunday deb yozadi:

Iymon hech qanday taraqqiyotga to'sqinlik qilmaydi, Xudoning yaratgan narsalaridagi ajoyibotlarni ochib beradi. Agar men bugun kechagidan ko'ra ilmliroq bo'lsam, Allohga bo'lgan ishonchim ham kechagidan mustahkamroq bo'ladi" *


Taraqqiyot ilm-fanning rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Inson yaratish emas, kashf qilish qobiliyatiga ega.

Kashf qilish orqali inson yangilik qilgani bilan mag'rurlanadi. Lekin har bir kashfiyot Allohning ajoyibotlaridan biridir.


* - "Iymon"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


https://t.me/foydali_izoh
54 viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash