Get Mystery Box with random crypto!

O'ylanib qoldim... Biz insonmiz, hamma ham odam deymiz, lekin | Foydali Izoh

O'ylanib qoldim...

Biz insonmiz, hamma ham odam deymiz, lekin hamma bir xil deb ko'ra olmaymiz!

2 tanga pul topib, dunyoni egallagandek boshimizni g'oz qilib yuramiz.

Qo'limizdan ish kelarkan deb o'zimizni osmonlarda his qilamiz.

Va oxiri boshqa insonlarni mensimasdan, past nazarimiz bilan qaraymiz.

Alloh Taolo bandalariga qarata aytgan ekan: "Kibr qilma odam bolasi, oyoqlaring ostida tuproq. Tuproqni oyoqlaring bilan kovlay olmaysan"


Oddiy aytadigan bo'lsak, ishi tushganlar uchun vaqt topa olmaymiz, maslahatimizni qizg'onamiz va nihoyat boshqalarni nazarga ilmaymiz.

Va kibrga xush kelibsiz! O'zingizni isloh qilmasangiz, kibr ziyoda bo'lib boraveradi.

Unutmang, siz mensimasangiz boshqalar ham bu ishni qila oladi. Qaytar dunyo qaytaveradi, hayot teskarisiga aylanishi mumkin.

https://t.me/foydali_izoh