Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt bizga nimani o'rgatadi? Tasavvur qiling, 1 yil oldin noy | Foydali Izoh

Vaqt bizga nimani o'rgatadi?

Tasavvur qiling, 1 yil oldin noyabr oyida siz nima bilan mashg'ul edingiz-u , nimaga erishdingiz?

Hayotingizda 1 yil muddat ichida nimalar o'zgardi?

Nimalarga ega bo'ldingiz?
Kimlarni yo'qotdingiz?


Bu savollarni o'ylab ko'rganimda, ichimdan suv toshqini o'tib ketgandek bo'ldi.

O'tgan yili shu paytlarda men yangi innovatsion loyihani o'ylab yurgan edim. Bu bo'yicha bir necha davlat tashkilotlari hamda katta mansab egalariga murojaat qilishga ham tayyor edim. Dunyoni qutqaradigan "geroy" edim o'zimcha.!

1 yil mobaynida men bir necha haqiqatni anglab, o'zim uchun O'zbekistonni hamda xalqimizni kashf qildim.

Hozirgi natija esa quyidagicha:

- yangi loyihani ishga tushirish uchun baquvvat "orqa" bo'ladigan tanish bilish bo'lishi;
- kamida 13 mln lik smartfoningiz va qimmatbaho tashqi ko'rinish;
- odamlarning miyasida "boyvachcha", "katta odamni farzandi" degan qo'shimcha nomli tasavvur bo'lishi kerak ekan.

Qani endi, o'tgan yilgi o'zimga bo'lgan ishonchni topa olsam.
Qani endi, birinchi muhabbatimni topa olsam...

Ular meni ketma-ket tark etishdi. Nihoyat menda boshqa maqsad paydo bo'ldi. Menimcha, vaqt menga 1 yil mobaynida keraklicha dars berdi.

Sizchi? Siz o'zingizga qanday baho berasiz?

https://t.me/foydali_izoh