Get Mystery Box with random crypto!

1wingo

Telegram kanalining logotibi footballcommm — 1wingo 1
Telegram kanalining logotibi footballcommm — 1wingo
Kanal manzili: @footballcommm
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-03 13:41:46
"Milan" yaqin kunlar ichida Olivye Jiru bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi
9 views10:41
Ochish/sharhlash
2022-11-03 05:30:23
#ChempionlarLigasi. Pley-off boqichiga yo'l olgan barcha jamoalar ma'lum!
9 views02:30
Ochish/sharhlash
2022-11-03 05:29:52
#ChempionlarLigasi. Bugun qayd etilgan natijalar bilan tanishing.
9 views02:29
Ochish/sharhlash
2022-11-02 08:05:37
Bugun Chempionlar Ligasida guruh bosqichi yakunladi. Shu bilan fevralga qadar YCHL bilan xayrlashamiz

E guruhi
“Milan”—“Zalsburg”|01:00
“Chelsi”—“Dinamo Z”|01:00

F guruhi
“Real M”—“Seltik”|22:45
“Shaxtyor”—“Leypsig”|22:45

G guruhi
“Man Siti”—“Sevilya”|01:00
“Kopengagen”—“Borussiya D”|01:00

H guruhi
“Makkabi”—“Benfika”|01:00
“Yuventus”—“PSJ”|01:00
9 views05:05
Ochish/sharhlash
2022-11-02 06:45:31
CHL bugungi o'yinlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing
9 views03:45
Ochish/sharhlash
2022-11-02 05:40:19
C guruhi
Shunchaki rasmiyatchilik uchun 6-tur o‘yinlari aynan shu guruhda o‘tkazildi. “Inter” Myunxenda mehmon bo‘lib, bir-biridan chiroyli ikkita golni qo‘ltiqlab ortga qaytadigan bo‘ldi. “Bavariya”da 100 foizlik natija — 6 ta o‘yin, 6 ta g‘alaba. To‘plar nisbati — 18:2. “Barselona” Chexiyada 4 ta gol urdi, ammo 2 ta o‘tkazdi ham. Xavi shogirdlari 2023-yilni Yevropa Ligasi bilan boshlaydi.

D guruhi
Haqiqiy o‘lim guruhida kurash so‘nggi tur, so‘nggi daqiqalargacha davom etdi. Ikkala o‘yinda ham bir xil — 1:2 hisobi qayd etildi. Lissabonda mehmon bo‘lgan “Ayntraxt F” “Sporting” ustidan, Marselda mehmon bo‘lgan “Tottenhem” esa “Marsel” ustidan irodali g‘alabaga erishib, pley-offga chiqdi. Konte jamoasi 1-o‘rin bilan, nemislar esa 2-o‘rin bilan. “Sporting” Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi. “Marsel” esa endi bemalol Liga 1 da javlon urishi mumkin
9 views02:40
Ochish/sharhlash
2022-11-02 05:39:21
“Napoli”dan alamini olgan “Liverpul”, guruhda qolib ketgan Simeone jamoasi, irodali g‘alaba bilan pley-offga chiqqan “Tottenhem”

A guruhi
Bu yerda deyarli hammasi hal bo‘lib ulgurgandi, faqat guruh g‘olibligidan boshqa. G‘oliblik uchun “Liverpul” so‘nggi turda “Napoli”ni yirik hisobda yutishi kerak edi. Ha, Klopp jamoasi yutdi, ammo yirik hisobda emas, “atigi” 2:0. Spaletti jamoasi 1-o‘rin bilan, “qizillar” esa 2-o‘rin orqali pley-offga yo‘l oldi. “Ayaks” esa Shotlandiyada 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan Yevropa Ligasiga shodon kayfiyatda yo‘l oladigan bo‘ldi.

B guruhi
“Portu” o‘z uyida “Atletiko M”ning dodini berib (2:1), guruh g‘olibiga aylandi hamda Simeone jamoasining o‘z tarixida ilk bor YCHLni guruh bosqichining so‘nggi pog‘onasida yakunlashiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq shovqin ko‘targan “Bryugge” pley-off masalasini hal etib qo‘ygani uchunmi, Xabi Alonsoning “Bayer”i bilan 0:0 ga ham rozi bo‘ldi. Leverkuzen klubi Yevropa Ligasida o‘ynaydi
9 views02:39
Ochish/sharhlash
2022-11-01 21:31:32
Hatto sun’iy intellekt ham bu qarama-qarshilikni xohlayapti

BCA Research superkompyuteri murakkab algoritmlar orqali JCH—2022 ning borishini hisoblab chiqdi.

Yakunda kompyuter Qatardagi mundial finalida Portugaliya va Argentina terma jamoalari finalda ro‘baro‘ kelishini bashorat qilgan.

Chempionlik esa Messi jamoadoshlariga nasib etishi aytilgan
11 views18:31
Ochish/sharhlash
2022-11-01 14:51:11
Spinazzola Simeonening radarida.

"Roma" himoyachisi Leonardo Spinazzola faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Todo Fichajes.

29 yoshli futbolchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda, uning shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo'ljallangan
12 views11:51
Ochish/sharhlash
2022-11-01 10:57:01
L'Equipe: "Barselona" yozda "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kanteni tekinga sotib olmoqchi.

Kataloniya klubi direktori Mateu Alemani erkin agentlarni olish kerak deb hisoblaydi.

Fransiyalik futbolchi Londonda qolishni istaydi, ammo u "Chelsi" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi
12 views07:57
Ochish/sharhlash