Get Mystery Box with random crypto!

C guruhi Shunchaki rasmiyatchilik uchun 6-tur o‘yinlari aynan | 1wingo

C guruhi
Shunchaki rasmiyatchilik uchun 6-tur o‘yinlari aynan shu guruhda o‘tkazildi. “Inter” Myunxenda mehmon bo‘lib, bir-biridan chiroyli ikkita golni qo‘ltiqlab ortga qaytadigan bo‘ldi. “Bavariya”da 100 foizlik natija — 6 ta o‘yin, 6 ta g‘alaba. To‘plar nisbati — 18:2. “Barselona” Chexiyada 4 ta gol urdi, ammo 2 ta o‘tkazdi ham. Xavi shogirdlari 2023-yilni Yevropa Ligasi bilan boshlaydi.

D guruhi
Haqiqiy o‘lim guruhida kurash so‘nggi tur, so‘nggi daqiqalargacha davom etdi. Ikkala o‘yinda ham bir xil — 1:2 hisobi qayd etildi. Lissabonda mehmon bo‘lgan “Ayntraxt F” “Sporting” ustidan, Marselda mehmon bo‘lgan “Tottenhem” esa “Marsel” ustidan irodali g‘alabaga erishib, pley-offga chiqdi. Konte jamoasi 1-o‘rin bilan, nemislar esa 2-o‘rin bilan. “Sporting” Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi. “Marsel” esa endi bemalol Liga 1 da javlon urishi mumkin