Get Mystery Box with random crypto!

​“Napoli”dan alamini olgan “Liverpul”, guruhda qolib ketgan Si | 1wingo

“Napoli”dan alamini olgan “Liverpul”, guruhda qolib ketgan Simeone jamoasi, irodali g‘alaba bilan pley-offga chiqqan “Tottenhem”

A guruhi
Bu yerda deyarli hammasi hal bo‘lib ulgurgandi, faqat guruh g‘olibligidan boshqa. G‘oliblik uchun “Liverpul” so‘nggi turda “Napoli”ni yirik hisobda yutishi kerak edi. Ha, Klopp jamoasi yutdi, ammo yirik hisobda emas, “atigi” 2:0. Spaletti jamoasi 1-o‘rin bilan, “qizillar” esa 2-o‘rin orqali pley-offga yo‘l oldi. “Ayaks” esa Shotlandiyada 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan Yevropa Ligasiga shodon kayfiyatda yo‘l oladigan bo‘ldi.

B guruhi
“Portu” o‘z uyida “Atletiko M”ning dodini berib (2:1), guruh g‘olibiga aylandi hamda Simeone jamoasining o‘z tarixida ilk bor YCHLni guruh bosqichining so‘nggi pog‘onasida yakunlashiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq shovqin ko‘targan “Bryugge” pley-off masalasini hal etib qo‘ygani uchunmi, Xabi Alonsoning “Bayer”i bilan 0:0 ga ham rozi bo‘ldi. Leverkuzen klubi Yevropa Ligasida o‘ynaydi