Get Mystery Box with random crypto!

​​Edip kompleksi - Freyd tomonidan kiritilgan termin, bolaning | Fobiya va Sindromlar

​​Edip kompleksi - Freyd tomonidan kiritilgan termin, bolaning onasiga nisbatan anglanmagan mayli va shunga bog'liq holda kechadigan o'z jinsidagi ota-onasiga agressiv holatning mavjudligi. Mazkur ilk bolalikda paydo bo'ladigan tasavvurlar va hislar anglanmagan bo'ladi. Bola bunday paytda onasining e'tibori to'laligicha o'ziga qaratilishini istaydi. Buning uchun u turli usullarni qo'llaydi, otasiga nisbatan rashk tuyg'usini tuyadi, ota-onasining suhbatini bo'lishga intiladi.

Edip kompleksi qadimgi yunon afsonalaridagi shoh Edip nomi bilan bog'liq. Bu afsona asosida Sofokl o'zining "Shoh Edip" tragediyasini yaratgan. Shoh Edip, otasini o'ldiradi, onasiga uylanadi. Shu afsona asosida Freyd o'g'il bolalarda onaga nisbatan anglanmagan mayl mavjud bo'lishi va otasiga nisbatan agressiyasi mavjud bo'lishini aytib o'tgan.

Albatta, bola katta bo'lganidan so'ng kompleks bezovta qilmaydi. Agarda bola jazolansa, agressiya bildirilsa, vaqt o'tib bu kompleks bezovta qila boshlaydi.

Elektra kompleksi - Edip kompleksining qizlarga moslangan analogi, ya'ni qjz bolaning otasiga nisbatan muhabbati va onasiga nisbatan anglanmagan nafrati. Qiz bola otasining mehrini qozonishga, uning e'tiborini qaratishga urinadi.

Elektra qadimgi yunon afsonasidagi Agamenon va Klitemnestraning qizi. U o'z ukasi Orestni o'limdan qutqaradi va otasini o'ldirgan onasidan va uning oshig'i Egisfdan qasos olishga yordam beradi. Shu afsonaga mos holda qiz bolalarning o'z otasiga nisbatan mayli borligi va o'z onasiga nisbatan agressiyasi mavjudligi Freyd ta'limotida o'z ifodasini topadi.

- ota ishdan qaytadi va ona bilan biror masalani muhokama qilishga o'tiradi. Qizaloq esa bu holni istamaydi. Onasi otasining e'tiborini o'ziga qaratib oldi;

- ota mehribon, saxiy. Ammo ichgan paytda, onasi unga baqiradi. Qizaloqqa esa bu vaziyatda onasi aybdordek ko'rinadi. Otasi balki shuning uchun ham ko'p ichayotgandir? Qiz otasiga ko'proq bog'lanib, onasini aybdor hisoblay boshlaydi;

Agarda oilada muhabbat va yaxshi munosabat shakllansa, komplekslar, odatda rivojlanmaydi. Yoddan chiqarmaslik kerakki, yoshlik paytida bola atrofidagi voqealardan ta'sirlanadi va juda e'tiborli bo'ladi. Birinchi taassurot xotirasida qolib ketadi.

@marufjonblogi