Get Mystery Box with random crypto!

'Songkran' bayrami Mazkur bayram tailandliklar uchun avvalo Y | Fobiya va Sindromlar

"Songkran" bayrami

Mazkur bayram tailandliklar uchun avvalo Yangi yilning kirib kelishi sifatida nishonlanadi. Ayni shu kuni o‘tmishdagi gunohlari yuvilib ketishi uchun tailandliklar ko‘cha-ko‘yda idish to‘la suv ko‘tarib yuradilar va bir-birlariga sepadilar. Bugungi kunda bu ko‘rinish sal boshqacha tus olgan: odamlar suv purkagich to‘pponcha, uzun shlanglardan foydalanadilar. «Songkran» mohiyatiga ko‘ra, odam qancha suvga ivisa, kutib olingan yil shunchalar omadli, muvaffaqiyatli kechar ekan.
«Songkran» aprel oyi o‘rtalarida nishonlanadi. Ba’zilar 13-15 aprelda nishonlashsa, ba’zilar bu sanalardan sal keyinroq bayram qilishadi. Ushbu bayram tantanali ravishda Bangkok va Mai shaharlarida keng nishonlanadi.


@Fobiya_va_Sindromlar