Get Mystery Box with random crypto!

FIZIKA FINE

Telegram kanalining logotibi fiz_bookxatirchi — FIZIKA FINE F
Telegram kanalining logotibi fiz_bookxatirchi — FIZIKA FINE
Kanal manzili: @fiz_bookxatirchi
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.27K
Kanalning ta’rifi

Fizika 1996-2003 Axborotnoma yechimlari uchun ochilgan kanal.
FIZIKA NAZARIYANI MUKAMMAL O'RGANISH yo'lga qo'yilgan.
Fizika ATTESTATSIYA savollari BOR!
Kanalda boshqa loyihalar ham bo'ladi
Murojaat:
@FizikaFineAdmin
Guruh:
@fizikafine
Sayt:fizika-fine.uz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2021-02-13 20:16:52 ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI OLDINDAN TO'LOV VA UMUMAN TO'LOV MADANIYATI HAQIDA...

Loyiha katta ehtimol bilan amalga oshishi kerak.
O'zi shunday bo'lishi ham kerak aslida.
Masalan xonadonlarga o'rnatilgan yangi elektr energiya hisoblagichlari ( schyotchik) ni hali hech kim kelib ey inson qancha ishlatding deb so'ramayapti.
Iste'molchi ham o'zidan bilib to'lamayapti.
Sohada katta qarzdorlik paydo bo'lyapti.
Qarzinini to'lamasa ham tarmoqdan uzmayapti.
Bu esa isrofgarchilikka va katta qarzdorlikka olib kelib sohani botqoqqa botiryapti.

Elektr energiyani to'lovini qilganlarniki ham o'zini hisob raqamiga to'liq yetib bormayotgan holatlar ham kuzatiladi.
To'lovni olgan MIB xodimi yoki Elektroset xodimi uni iste'molchi hisob raqamiga o'tkazmay yeb yuborish holatlari kuzatilyapti.

Bunday bo'lgach elektr energiya tizimi izdan chiqa boshlaydi.
Shaffof bo'lishi uchun onlayn to'lov xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Avtomatlashgan 21-asrda elektroset idorasida navbat kutib yoki qachon MIB xodimi kelarkan deb kutmay to'lovni onlayn to'lash haqida o'ylasak bizga ham, davlatimizga ham katta qulaylik bo'lar edi.

Clik evolyutsion xizmatini tavsiya qilaman.
Play marketdan ilovani o'rnatib oling.



@Fiz_BookXatirchi
232 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 ELEKTR ENERGIYASI HAQIDA O'YLARIM...


Meni birinchi ma'lumotim-elektrik.
Energetikadan xabarim bor.
NDKIda o'qib yurgan paytlarim bu fandan juda kuchli bir ustozimiz-Xudoyberdiyev Sherzod ismli domlamiz bo'lardi.
Ukrainada ta'lim olgan.
Zafarobod shaxridagi RU-5 da bosh energetik bo'lib ham ishlagan.

Bizga Fransiyadagi energetika tizimi haqida aytib bergandi.
Fransiyada elektr energiyasini asosan AES (atom elektr stansiyasi) dan olishadi deb.
Fransiyada shunchalik ko'p elektr energiyasi ishlab chiqarilar ekanki, o'z ichki ehtiyojidan ortganini chetga eksport qilib sotsa ham baribir ortib qolar ekan.
Azbaroyi ortganidan barcha asfalt qilingan yo'llarni atrofiga ko'cha chiroqlari o'rnatib chiqishgan ( hatto aholi yashamaydigan o'rmon ichidagi yo'llarga ham) ekan.
Shunda ham ortib qolavergan.
Shunda elektr energiyani qanday yo'qotishni yo'lini bunday qilishgan ekan:

Baland tog' etagiga kuchli nasoslar o'rnatib, suvni tepalikka olib chiqishgan ( hech qanday foydali maqsadsiz).
Keyin tepalikdan suvni pastga ochib yuborishgan.
Qaytadan yana nasos orqali ko'tarishgan va yana pastga ochib yuborishgan.
Nasos orqali suvni tepaga olib chiqib elektr energiyani sarflab yo'qotish maqsadida!

Qoyil qolmadim shu fransuzlarga.
A bizga kelib o'rganmaysanmi?
AESni keraksiz bloklarini to'xtatib qo'ymaysanmi?
Bizga o'xshab keyin qorong'u va sovuqda o'tirmaysanmi?


Fransiyada yashagilaring kelib ketadiey veyyy...


@Fiz_BookXatirchi
244 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 TA'LIM TAJRIBALARINI O'ZLASHTIRISH HAQIDA...

Afrika tajribasini ham o'rganib qo'yinglar.
Haliyam bitta yo'lni tanlolmagan o'zbegim.
Ta'limda taqlid qilish yaxshi.

Lekin bitta yaxshi metodni mahkam ushlab shu bo'yicha ketish kerak.
Hadeb g'ildirak ixtiro qilavermay.

Keyin qaysi davlatni tajribasini olsa shu davlatni darsliklarini ham shundoq ko'chirib bossin.
Ta'limda mentalitet-pentalitet ketmaydi.

Haliyam tuzukli darsliklarimiz yo'q.
Bu holatda taqlid qilgandan nima foyda?
Falon davlatda faloncha ekan, pustoncha ekan deguncha!


@Fiz_BookXatirchi
249 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 TA'LIM GURUHLARIGA O'ZIGA KERAKLI VAQTDA QO'SHILIB OLIB KEYIN "YO'QALEY" DEB CHIQIB KETUVCHI USTOZLAR HAQIDA.

Telegramdagi ta'lim guruhlarida
ustozlarni reytinggiga bevosita katta ta'sir qiluvchi turli tanlovlar va fan olimpiadalari, attestatsiya testlari oldidan guruhga yopirilib kirib kelishi tabiiy hol.

Tanlovlar, attestatsiya, olimpiadalar o'tib bo'lgach quyonni rasmini chizishi ham tabiiy hol.

Umuman bu hayotda hamma bir-biridan foydalanishga harakat qilishini o'zi tabiiy hol.

Demak hammasi tabiiy ekan nega postni ustida bizni yerga urasan?

Yo'qaley.


@Fiz_BookXatirchi
252 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:51 TAYYORGARLIK KURSIGA DABDURUSTDAN KELIB QOLGAN BITIRUVCHI SINFLAR HAQIDA.

Ko'pchilik ustozlarni tayyorlanish uchun bir yil vaqti qolgan abituriyentlar taqdiri, ularni qanday bo'lmasin OTMga kiritish fikri qiynaydi.

Agar ular avvaldan tayyorlangan bo'lsa mayli.
Tayyorlangan bo'lsa ham to'g'ri ta'lim olgan bo'lsa.
Agar ular avvaldan umuman tushunchasi bo'lmasa "shu paytgacha nima qilgan ekan?" degan savol senga tinchlik bermaydi.
Xo'sh, nima bo'pti ham dersan balki.
Uni ham 1 yilda OTMga kirishga haqqi bordir dersan?
Haqqi bor, bunga qurbi ham yetar.
Ayrimlardan eshitib ham qolamiz.
Mana meni 1 yilllik noldan tayyorlangan o'quvchim bu.
Falon ball bilan 1 yilda kirib ketdi deb.
Lekin u katta ehtimol bilan sendan avval ham tushunchasi shakllanib bo'lgan bo'ladi.
2012-yilgacha 1 yilda tayyorlanib kirsa bo'lardi.
Lekin hozirgi davrda bunday deb bo'lmaydi.
Hozir kamida 3 yil tayyorlansa yaxshi natija kutsa bo'ladi.
Men nima demoqchiman?

Aytmoqchimanki, tayyorgarlikni kamida 9-sinfdan boshlash kerak.
Shunda ham hech bo'lmasa 1 yilini mavzulashtirilgan holda tayyorlanishi kerak.
Har qanday bola mavzulashgan to'plamni 1yil o'rgangan bo'lsa (iloji bo'lsa tugatsa) u bilan hohlagan usulda tayyorgarlikni davom ettirsa bo'ladi keyin.

Avval mavzularni qunt bilan o'rganib chiqishi shart!

1 yil, 2 yil qolganda repetitor izlab qolib, o'zini ham, repetitorni ham qiyin ahvolga solmaslik kerak.

Shu uchun abituriyentlarga murojaatim- agar siz 9-sinf bo'lsangiz vaqtni ortga surmasdan tezroq 2ta asosiy fandan tayyorgarlikni boshlash kerak.
Agar bittasini o'rganib olay desangiz qaysi asosiy fanni qiyin deb hisoblasangiz shundan boshlang.

Maslahatim matematika va fizikani tanlash kerak bo'lsa siz Fizikani tanlang.
Fizika doim bolalarda qiyin degan tasavvur uyg'otgan.
Bunda jon ham bor.
Sababi dars soati kam.
Shunga yarasha tushuncha ham kam bo'ladi.
Matematikani esa eplab ketsa bo'ladi keyin ham.
Fizika avvalroq boshlansa, hech bo'lmasa mavzularni o'tib olingani uchun vaqtdan yutsa bo'ladi.
Fizikada nazariya juda muhim.
Uni mag'zini chaqishga vaqt kerak baribir.

Bir maslahatda buyam.
Tajribada sinalishga tushmagan hali.
Shaxsiy fikr.

Erinmay o'qiganingiz uchun rahmat.



@Fiz_BookXatirchi
302 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:51 TA'LIM GURUHLARIDAGI ILTIMOSLAR HAQIDA.



Meni bir narsa xavotirga va afsusga soladi.
Katta-katta ta'lim guruhlarida nuqul:
"Uni tashlavoringlar,
buni tashlavoringlar,
uni to'liq yechimi bormi,
buni to'liq yechimi bormi" kabi
xullas keti uzilmayotgan iltimoslarga to'lib bormoqda...

Eng achinarlisi hatto sal avval tashlangan bo'lsa ham ustozlar o'zini iltimosidan keyin shu so'ragan narsasi tashlanishini istash darajasiga kelishdi.

Bu egoizmni (xudbinlikni) oliy ko'rinishi bo'lsa kerak.

Nahotki biz shu darajaga yetib keldik?
Nahotki biz shunchalik dangasa bo'lib ketdik?
Nahotki o'zimizni qiynash, o'z ustimizda ishlashdan to'xtadik?

Bu ketishda bilmadim...
Ta'limni kelajagi esa bunday ustozlar qo'lida qolishini o'ylasam kelajakni qanday tasavvur qilishga ham hayronman.

Eng yomoni yoshlar buni ko'rib-bilib turishibdi...

Aziz ustozlar!
O'zingizdagi iqtidorni bo'g'ib, tayyor narsalarga uchishni to'xtatsangiz bo'lardi.



@Fiz_BookXatirchi
314 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:51 KANALGA POST JOYLASH HAQIDA.


Sevimli kanalingga birorta post yozsang obunachilaring darrov xursand bo'lib ochishadi.

O'ylagan narsam tashlandi deb.
Lekin ular kutgandek post bo'lib chiqmasa hafsalasi pir bo'ladi.

Kerakli ma'lumot uzatish, ta'sirli post yozish har doim ham amalga oshavermaydi.
Boshqa kanallardan shunchaki ko'chirib bosish hammani qo'lidan keladi.
Lekin hammani qo'lidan ijodiy ish kelmaydi.

Bu o'z vaqti soatida bo'ladi.
Yechimlar yaralishi uchun avvalo hohish istak, mehnat zarur.
Va manfaat ham.

Sevimli kanalingizda qolavering nima bo'lsa ham.
Siz kutgan narsa albatta bo'ladi!



@Fiz_BookXatirchi
329 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:51 FANLARGA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA E'TIBORSIZLIK HAQIDA.

2020-yil 1-dekabrdan matematika va ona tili faniga sertifikat joriy qilinmoqchi.
Chunki avval bu fanlarga e'tibor kuchaytirilgan edi.
Qay ma'noda?

Matematika dars soatlarini oshirib, ona tilinikini tushirish orqali.


2021-yil 1-fevraldan esa kimyo va biologiyaga navbat.
Bu fanlardan ham dars soatlari oshirildi.

2022-2024-yillardan boshlab FIZIKA, GEOGRAFIYA, TARIX fanlariga navbat keladi.

Ko'ramiz, bu fan ustozlarini yig'latishadimi yoki xursand qilishadimi?

Tarixchilarni ishlari hozir ham besh.
Lekin Fizika va Geografiyani ishlari hozir yaxshi emas.

Geografiyani 11-sinfda o'tilmaydigan qilib qo'yishdi.
Lekin shu Geografiya fani Tarix fanidan ming chandon kerakli aslida.
FIZIKANI ESA AYTMAY QO'YAVERAY...


@Fiz_BookXatirchi
347 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-01 21:49:56
#4

@FizikaLife
342 viewsAnvar Toshev Maratovich, 18:49
Ochish/sharhlash
2021-02-01 21:49:56
#3

@FizikaLife
346 viewsAnvar Toshev Maratovich, 18:49
Ochish/sharhlash