Get Mystery Box with random crypto!

FIZIKA FINE

Telegram kanalining logotibi fiz_bookxatirchi — FIZIKA FINE F
Telegram kanalining logotibi fiz_bookxatirchi — FIZIKA FINE
Kanal manzili: @fiz_bookxatirchi
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.27K
Kanalning ta’rifi

Fizika 1996-2003 Axborotnoma yechimlari uchun ochilgan kanal.
FIZIKA NAZARIYANI MUKAMMAL O'RGANISH yo'lga qo'yilgan.
Fizika ATTESTATSIYA savollari BOR!
Kanalda boshqa loyihalar ham bo'ladi
Murojaat:
@FizikaFineAdmin
Guruh:
@fizikafine
Sayt:fizika-fine.uz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2021-02-13 20:16:53 KANALLARDAGI A'ZOLAR HAQIDA ADMINLAR O'YLARI.

Telegram kanallarida a'zolar sonini har kuni oshyaptimi yoki kamayyaptimi deb xavotir oladiganlarga.

A'zolar soni oshaversa bunga chegara bo'lmasligi kerak deb hisoblaydi.
Nega falon kanaldan a'zolar kam deb o'ylaydi.
Hammani kanalidan ko'p bo'lsa nega butun Yer shari aholisidan kam deydi.
Agar butun Yer sharidagi aholi ham ulansa, nega koinotdagi boshqa jonli mavjudotlar bo'lsa ular a'zo emas deb o'ylaydi.

Xullaskalom, inson hech qachon to'ymaydi.
Agar a'zolar kamayib ketaversa, dunyoda hamma narsa o'tkinchi ekanini anglaydi.
Inson tabiati shunday.
Bu dunyoda hammasi o'tkinchi.
Odamiylik yo'qolmasin.



@Fiz_BookXatirchi
132 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:53 KANAL BOTLARI HAQIDA.

Ko'pchilikka murojaat uchun botga yozing desangiz botga kirib START tugmasini bosib qo'yadi va bo'ldi.
O'ylaydiki, endi bu kanalga yoki guruhga (aslida bu bot, men kanal va guruhni farqiga bormaydiganlarga aytdim) ulanib oldim, Xudoga shukur, endi ko'nglim taskin topdi, ishqilib yangiliklardan bexabar qolib ketmaydigan bo'ldimey deb qo'yadi. (Odamlar ichida "birorta yangilikni o'tkazib yuborishdan qo'rqish" degan tushuncha bor. Xuddi hamma narsani bilishga majburdek.)

Lekin o'rtoqlar MULOQOT BOTI-bu robot bot emas.
Uni men o'qiyman va keraklisiga javob yozaman.
Shunchaki startni bosgan bilan ish bitmaydi.
Yozish kerak.
Xuddi kimdir bilan yozishgandek.

Botni lichkadan afzalligi meni siz onlayn yoki yo'qligimni hech qachon bila olmaysiz.

Yozayotganimni ham bilolmaysiz.
Lekin men sizni onlayn bo'lsangiz ko'rib turaman va yozayotganingizda menga ko'rinadi.

Mana shunaqa o'rtoqlar.
Qani kettik unda

/start
/start
/start
.
.
...




@Fiz_BookXatirchi
349 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:53 TELEGRAMDAGI ULKAN MULOQOT GURUHLARI HAQIDA...

Xullas guruhda odam ko'p bo'lsa kirgan zahoting kamida 500 ta xabar bo'ladi.

Ilojing yo'q, o'qimasdan o'tkazib yuborsanda, sal avval so'ralgan va tashlangan narsani so'rab o'tirasan.





@Fiz_BookXatirchi
266 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:53 USTAMALAR HAQIDA O'YLARIM...


Maktabda Repetitorlik qilib yurib, agar shu Repetitorni o'quvchilari yana shu maktabdan bo'lib, ular o'qishga kirsa ularga 823-qaror bo'yicha 50 ball ustama bali berishni taklif qilsam nima deysizlar?

Ana shunda ko'rasiz hamma repetitorlikka qiziqib ketadi.
Yana maktabga haqiqiy repetitorlar oqib kela boshlaydi.

Meni bitta kuchli fizik tanish repetitor o'rtog'im bor.
Unga nega maktabda ishlamaysan desam, u:

"O'qituvchilarni oyligi 1000$ bo'laversinchi keyin o'ylab ko'ramiz" degandi.

Mana sizga manfaat yo'q joyga odamlarni yopirilib kelmasligi sababi...


Hamma gulduros qarsak chalib yubordi...



@Fiz_BookXatirchi
251 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:53 O'G'RI, SHPION KANALLAR HAQIDA...


Ijodiylikdan yiroq, faqat qanaqadir guruh yoki kanallarni poylab yotuvchi, bu kanal va guruhlarda birorta pichoqqa ilingulik post tashlanib qolsa shartta o'zini kanaliga oluvchi, o'g'ri, shpion kanallarni obunachi orttirib, keyin shu o'g'irlangan narsalarga mualliflikni da'vo qiluvchi adminlarga rosa besh ketmaymanda.

(Men faqat @FizikaLife kanalidan repost qilyapman.
Bu shunchaki u kanaldagi konspektlar hammaga foydali bo'lsin degan maqsadda qilinyapti).

Umuman kanalda ijodiy ish qilmaydiyu, nuqul boshqa kanallardan baza yig'ishga harakat qilishadi o'sha adminlar.

Milliy universitetda Karimxo'jayev degan domla kirardi bizga Nazariy mexanikadan.

U aytardi:

"HALI O'LAY DEB YARATGAN IJODING HAMMA YOQQA TARQALIB BARMOG'INGNI BURNINGGA TIQIB QOLASAN!" deb.

Ijodiylik shu uchun ham bizda rivojlanmagan.
Qilishga ham hafsalang qolmaydi...




@Fiz_BookXatirchi
226 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:53 BIR O'Q BILAN 2 TA QUYONNI URISH YOKI ONLAYN REPITITORLIK HAQIDA BA'ZI BIR "SIRLAR".


Hali shunday zamon keladiki, repititorga jonli tayyorlanishdan ko'ra ko'pchilik onlayn repititorlikni tanlaydigan bo'lib qolishadi.

Afzalliklari:

1)Siz darslarni qayta-qayta orqaga qaytarib ko'ra olasiz.

2)Kamroq xarajat ketadi.

Kamchiliklari:

1)Savollar tug'ilgan zahoti unga javob topa olmaysiz(Agar ZOOMda o'tilmasa).
Yopiq guruhda topish mumkin lekin darhol emas buyam.

2)O'zingizni irodangizni bo'ysundirib, dangasalikni yengishingizga to'g'ri keladi (chunki repititorni vajohatini ko'rmaysiz bunda)

3)Ko'pincha darslarda har bir masala bittalab yechib berilmaydi.
Ko'pi o'zingizga tashlab qo'yiladi.

Mana shu 3-qadamga kelganda onlayn repititor bir ayyorlik ishlatadi.
O'zini jonli tayyorlovchi guruhidagi darslarni aksariyat hollarda shunday videoga olib sizga uzatadi.

Mana shu joyida bir o'q bilan 2ta quyon uriladi.
Hali bu usul ancha ommalashib ketadi.

Shu uchun bu haqida o'ylab ko'rsa arziydi.

Onlayn kurs ochmasangiz ham sizga albatta bu videolar asqotadi.
Bu videolarni o'zingizni jonli tayyorlanayotgan abituriyentlaringizga ham tashlab berishingiz mumkin.

Keyin ular domla nima degandi mana shu joyida deb qiynalib o'ylab yurmaydi.
Shart videoni ochib ko'rib oladi.

Shaxsan o'zimni tayyorgarlik davrimda bundan 17 yil avval miyamga shu fikr kelgan.

Yechimlarni tahlil qilish jarayonida domla nima deb tushuntirgan edi deb o'ylanib yurardim eslash uchun.

O'sha payti domlani ovozini diktofonga yozib olsamu kerak bo'lganda masala tahlilini eshitib olsam derdim.

Endi bu narsani iloji bo'lyapti.
Diktofon tugul, videosini ham ko'rish imkoni bo'lyapti.

Ha azizlar zamon mana shu tarafga qarab ketyapti.


Bilimi haminqadar bo'lganlarga esa jonli tayyorgarlik baribir kerak.

Bilimi yaxshilarga esa o'zi ishlay olmagan masala uchun otni kallasiday jonli tayyorgarlik uchun repititorga pul sarflashga hojat kamayib boryapti.

Natijada ularni ilib ketishyapti.
Agar shu bolalar uchun jonli tayyorlovchilar kattaroq chegirmalar qo'llashsa o'zida qolar edi.

Hammasi shaxsiy fikrlarim.
Xulosa o'zingizdan.



@Fiz_BookXatirchi
229 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 BAYRAM TABRIKNOMALARI HAQIDA...


Internetda yangi yilga ajabtovur, tesha tegmagan tabriklar ayni vaqtda juda ko'p topiladi.

Lekin men mana shu tabriklarni shunchaki ko'chirib olib bir-birini tabriklash uchun foydalanuvchi insonlarni ko'rsam g'ashim keladi.

Undan ko'ra, oddiygina qilib:
"BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!" degan samimiy so'zlar ming marta yuqoridagi oldi-qochdi tabriklardan yaxshidir.

Keyin uzundan-uzun, oldi-qochdi tabriklarni zora o'qib ko'rsa uni olgan odam.


Shunday ekan, bayramingiz muborak bo'lsin aziz kanal a'zolari!




@Fiz_BookXatirchi
215 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 Malaka oshirish tizimi haqida:

Avval har 5yilda malaka oshirardi.
Endilikda har yili borishga yaqin turibdi.

O'qituvchilar haqidagi gapga hamma o'rnidan turib ketdi.


@Fiz_BookXatirchi
209 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 ONLAYN REPETITORLIK HAQIDA.

Hozirda bu soha juda rivojlandi.
Pandemiya uni yangi bosqichga olib chiqdi.
Masofadan turib dars o'tuvchilar (onlayn kurslar) tashkil qilindi.
Shunda beixtiyor o'yga tolasan.
Jonli tayyorlovchilar nima ish qilishyapti?
Yoki ularni narxi shunchalik qimmatmi?
Yoki ular talabga javob bermaydimi?
Yoki ularda kerakli ta'limni olib bo'lmaydimi?
Ta'limda onlayn darslar o'zini oqlaydimi? (Nol darajadan bolani o'qishga kirita oladimi?)
Ayrim territoriyalarda kuchli mutaxasislar yetishmaydimi?

Jonli tayyorlashda bolani bilimli qilish qiyin ish.
Buni qanday onlayn usulda qilish mumkin?
Shunchaki xayolga keldi shu fikrlar.

Onlayn ta'limni eng katta qulayligi darslarni qayta-qayta ko'rish mumkinligi.
Ammo men baribir jonli darsni, haqiqiy real vaziyatni ma'qul ko'rardim.
Maxsus videoeffektlarsiz, yuqori texnologiyalardan foydalanmasdan turib, shunchaki offlayn darsni videoga olib o'quvchini nol darajadan o'qishga kiritishni shunchaki fantastika deb hisoblayman.
Bu sohaga qachonki videoeffektlar va yuqori texnologiyalar orqali mavzuni tushuntirish ishlari yo'lga qo'yilmas ekan buni men yoqlay olmayman.
Chet elda bu videoeffektlardan va yuqori texnologiyani qo'llab juda yaxshi dars o'tishadi deb o'ylayman.
Yana ham bunisi menga qorong'u.

Bizga esa hali bungacha ancha bor deb hisoblayman.
Ammo chet elda ham hammasi dastlab bizdagidek amalga oshganiga shubham yo'q.

Bizda ham qachondir informatsion texnologiyalardan foydalangan holda maxsus videoeffektlar bilan mavzuni vizual tasavvur qildira oladigan onlayn darslar yaralishiga ishonaman.

Onlayn dars o'tadigan, bu ish uchun qimmatli vaqtini ayamay mehnat qilayotgan ustozlarni ishlariga omad tilayman.
Ular hozirgi davr qahramonlari!

O'qishga tayyorlanayotgan shogirdlardan esa kelajakda butun respublikada repetitorlik xizmati uchun o'zini tayyorlab borib, bu sohaga ehtiyoj katta joylarda faoliyat olib borishlarini tavsiya qilaman.

Hamma joyda bu kemtik joyni to'ldirishlari kerak.




@Fiz_BookXatirchi
217 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:16:52 ONLAYN DARSLAR HAQIDA...

Mana ta'limda onlayn darslar davom etmoqda.
Avvallari telefon nimaligini "bilmagan", bilsa ham unga mukkasidan ketmagan murg'ak bolalarni onlayn darslar deb ularni ongini telefon egallay boshladi.

Onlayn darslarga qatnashsin, bilimi sayozlashib ketmasin deb ota-onalardan ayrimlari o'z farzandlariga shaxsiy telefon ham olib berdi yoki o'quvchini o'zi ishlab topib oldi.

Lekin...
O'ylangan barcha maqsadlar amalda ko'pincha sarob bo'lib chiqdi.
Endi ota-onalar qanday qilib bolasini telefon ta'siridan qutqarishni bilmay turli noxush xayollarga bormoqda.
Bu narsa bolani ta'lim olish sifatiga jiddiy zarar yetkazishi aniqligi isbotlangan.

Xalq ta'limi vazirligi barcha ota-onalarga zarurat bo'lmasa onlayn dars deb bolasini uyda olib qolmasligini tavsiya etdi.
Va juda to'g'ri qildi.
Menga qolsa onlayn darslarni umuman yangi yildan keyin bekor qilish kerak.

Bir o'ylab ko'ring.

Bolalar uchun olinayotgan teledarslarni o'zi kimdir ko'ryaptimi?
Menimcha, kamdan-kam o'quvchi ko'radi.
Ko'rsa ham o'qituvchi ko'radi.
Sababi qaysi mavzu o'tilganini bilish uchungina.

Yoki aksariyat hollarda
"Qaysi sanada qaysi mavzu qaysi sinfga o'tildi?"
deb guruhma guruh izg'ib so'rab chiqilib topgan narsasini maktab guruhlariga tashlab qo'yishayotgani kundek ravshanku.

Yoki onlayn darsni tanlagan o'quvchilarni ko'pi repetitorga qatnashini bilib va ko'rib turibmiz.

Meni eng xavotirga solayotgan narsa bular emas.
Eng xavotirli holat- o'tish davridagi yoshlarni telefon ta'siriga berilib ketib turli nomaqbul ta'sirlarga uchrab, ayni shu yoshida maktabdan uzoqlashib ketishidir.

Onlayn darslarga barham berish kerak!




@Fiz_BookXatirchi
217 viewsAnvar Toshev Maratovich, 17:16
Ochish/sharhlash