Get Mystery Box with random crypto!

TA'LIM GURUHLARIDAGI ILTIMOSLAR HAQIDA. Meni bir narsa x | FIZIKA FINE

TA'LIM GURUHLARIDAGI ILTIMOSLAR HAQIDA.



Meni bir narsa xavotirga va afsusga soladi.
Katta-katta ta'lim guruhlarida nuqul:
"Uni tashlavoringlar,
buni tashlavoringlar,
uni to'liq yechimi bormi,
buni to'liq yechimi bormi" kabi
xullas keti uzilmayotgan iltimoslarga to'lib bormoqda...

Eng achinarlisi hatto sal avval tashlangan bo'lsa ham ustozlar o'zini iltimosidan keyin shu so'ragan narsasi tashlanishini istash darajasiga kelishdi.

Bu egoizmni (xudbinlikni) oliy ko'rinishi bo'lsa kerak.

Nahotki biz shu darajaga yetib keldik?
Nahotki biz shunchalik dangasa bo'lib ketdik?
Nahotki o'zimizni qiynash, o'z ustimizda ishlashdan to'xtadik?

Bu ketishda bilmadim...
Ta'limni kelajagi esa bunday ustozlar qo'lida qolishini o'ylasam kelajakni qanday tasavvur qilishga ham hayronman.

Eng yomoni yoshlar buni ko'rib-bilib turishibdi...

Aziz ustozlar!
O'zingizdagi iqtidorni bo'g'ib, tayyor narsalarga uchishni to'xtatsangiz bo'lardi.



@Fiz_BookXatirchi