Get Mystery Box with random crypto!

ONLAYN REPETITORLIK HAQIDA. Hozirda bu soha juda rivojlandi. | FIZIKA FINE

ONLAYN REPETITORLIK HAQIDA.

Hozirda bu soha juda rivojlandi.
Pandemiya uni yangi bosqichga olib chiqdi.
Masofadan turib dars o'tuvchilar (onlayn kurslar) tashkil qilindi.
Shunda beixtiyor o'yga tolasan.
Jonli tayyorlovchilar nima ish qilishyapti?
Yoki ularni narxi shunchalik qimmatmi?
Yoki ular talabga javob bermaydimi?
Yoki ularda kerakli ta'limni olib bo'lmaydimi?
Ta'limda onlayn darslar o'zini oqlaydimi? (Nol darajadan bolani o'qishga kirita oladimi?)
Ayrim territoriyalarda kuchli mutaxasislar yetishmaydimi?

Jonli tayyorlashda bolani bilimli qilish qiyin ish.
Buni qanday onlayn usulda qilish mumkin?
Shunchaki xayolga keldi shu fikrlar.

Onlayn ta'limni eng katta qulayligi darslarni qayta-qayta ko'rish mumkinligi.
Ammo men baribir jonli darsni, haqiqiy real vaziyatni ma'qul ko'rardim.
Maxsus videoeffektlarsiz, yuqori texnologiyalardan foydalanmasdan turib, shunchaki offlayn darsni videoga olib o'quvchini nol darajadan o'qishga kiritishni shunchaki fantastika deb hisoblayman.
Bu sohaga qachonki videoeffektlar va yuqori texnologiyalar orqali mavzuni tushuntirish ishlari yo'lga qo'yilmas ekan buni men yoqlay olmayman.
Chet elda bu videoeffektlardan va yuqori texnologiyani qo'llab juda yaxshi dars o'tishadi deb o'ylayman.
Yana ham bunisi menga qorong'u.

Bizga esa hali bungacha ancha bor deb hisoblayman.
Ammo chet elda ham hammasi dastlab bizdagidek amalga oshganiga shubham yo'q.

Bizda ham qachondir informatsion texnologiyalardan foydalangan holda maxsus videoeffektlar bilan mavzuni vizual tasavvur qildira oladigan onlayn darslar yaralishiga ishonaman.

Onlayn dars o'tadigan, bu ish uchun qimmatli vaqtini ayamay mehnat qilayotgan ustozlarni ishlariga omad tilayman.
Ular hozirgi davr qahramonlari!

O'qishga tayyorlanayotgan shogirdlardan esa kelajakda butun respublikada repetitorlik xizmati uchun o'zini tayyorlab borib, bu sohaga ehtiyoj katta joylarda faoliyat olib borishlarini tavsiya qilaman.

Hamma joyda bu kemtik joyni to'ldirishlari kerak.




@Fiz_BookXatirchi